Andijonda qotillik. Tiktok yoşlar miyasini öldiradi – Qalampir.uz dayjesti
Söngi 24 soat içida Özbekiston va jahon miqyosida sodir bölgan muhim hodisalar tafsiloti bilan Qalampir.uz dayjesti. Assalomu alaykum.
Toşkent metrosida poyezdlar beş vagonli böladi
Toşkent metrosi uçun keyingi ikki yilda 28 ta beş vagonli poyezd olib kelinadi. Şuningdek, hozirda foydalanilayotgan 40 ta tört vagonli poyezd beş vagonli tizimga ötkaziladi. Bu haqda joriy yilning 27 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev ötkazayotgan transport-logistika sohasidagi investor va tadbirkorlar bilan uçraşuvda söz bordi.
Qayd etilişiça, bugungi kunda poytaxtdagi yölovçilarning 46 foizi metropoliten hissasiga töğri kelmoqda. Metrodan kunlik foydalaniş 25 foizga ösgan bölib, yil yakuniga qadar yölovçilarning soni kuniga 1,3 million nafarga yetişi kutilmoqda.
Bundan taşqari, uçraşuv davomida 2030 yilgaça 545 kilometr yangi temir yöl liniyalarini quriş, elektrlaştirilgan yöllar uluşini 65 foizga, elektropoyezdlar parkini 31 taga yetkaziş rejalaştirilganligi aytib ötilgan. Kelgusi yilda Angren – Pop temir yöl liniyasi modernizatsiya qilinişi, uşbu yönalişda ikkinçi liniya quriş masalasi ham körib çiqilgan. Aprel oyidan Töqimaçi – Angren yönalişida ikkinçi temir yöl qurilişi boşlanişi bildirilgan. Şu bilan birga uçraşuvda Özbekiston xalqaro fuqaro aviatsiyasi universiteti taşkil etilişi va unga Yangi Toşkent hududidan 20 gektar yer ajratilişi malum qilingan.
Töqayev TikTok’ni yoşlar miyasini “öldiradigan dahşatli narsa” deb atadi
Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev TikTok platformasini, ayniqsa, yoşlar uçun zararli deb baholadi. Uning fikriça, smartfondan faqat qönğiroq qiliş, yozişiş yoki video köriş uçun emas, balki daromad topiş va raqamli imkoniyatlardan foydalaniş uçun ham foydalaniş kerak. Töqayev bu fikrni joriy yilning 26 noyabr kuni Moskvada bölib ötgan AI Journey 2026 konferentsiyasidan söng suniy intellekt sohasidagi yoş istedodlar bilan uçraşuvda bildirgan.
“Biz qişloq aholisini internetdan öz manfaati yölida foydalanişga örgatişimiz kerak. Hozir hamma smartfondan foydalanadi, lekin negadir u faqat qönğiroq qiliş, yozişiş, qandaydir filmlarni köriş va TikTok uçun möljallangan deb öylaşadi. Mana şu TikTok – insonning, ayniqsa, yoş yigit-qizlarning miyasini öldiradigan dahşatli narsa”, deydi u.
Qozoğiston prezidenti mamlakatda xalq raqamli iqtisodiyotini yaratişga intiliş borligini takidlagan. Uning aytişiça, smartfondan töğri va mohirona foydalanilsa, internet mavjud bölgan qişloq yoki ovulda ham daromad topiş mumkin.
Takidlaş joizki, TikTok platformasi Qozoğistonda taqiqlanmagan. Bundan taşqari Töqayev ötgan yilning oktyabr oyida MDH iştirokçi davlatlari rahbarlari kengaşi yiğilişidagi nutqida ham uşbu platformani tilga olgan.
Andijonda qöl-oyoği boğlangan 54 yoşli ayolning jasadi topildi
Andijon tumanidagi xonadonlardan birida qöl-oyoği boğlangan 54 yoşli ayolning jasadi topildi.
Qayd etilişiça, voqea joriy yilning 24 noyabr kuni sodir bölgan. Xonadonlardan birida 1972 yilda tuğilgan ayolning jasadi aniqlangan.
Hodisa joyi közdan keçirilib, aşyoviy dalillar olingan. Şuningdek, ayolning ölim sabablarini aniqlaş uçun tegişli ekspertizalar tayinlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 2-qismi “i” bandi hamda 164-moddasi (bosqinçilik) 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Londonga ketayotgan poyezdda 33 yoşli erkak 14 kişini piçoqladi
Buyuk Britaniyada Londonga ketayotgan poyezdda 33 yoşli Entoni Uilyams 14 kişini öldirişga urinişda aybdor deb topildi. U ikki kun davomida jami 14 kişiga, jumladan, ikki nafar ösmirga hujum qilgan. Qayd etilişiça, voqea 2025 yil 31 oktyabr va 1 noyabr kunlari sodir bölgan. Uilyams dastlab Piterboroda 3 kişiga, şuningdek, Londonning Docklands Light Railway temir yöl liniyasida 17 yoşli ösmirga hujum qilgan. Şundan söng u Donkasterdan Londonning Kinğs Cross vokzaliga ketayotgan poyezdga çiqqan va yölovçilarga piçoq bilan hujum qilgan. Sudda malum qilinişiça, Uilyams poyezd içida bir vagondan boşqasiga ötib, yölovçilarni piçoqlagan. Vagonlardan çiqib ketiş imkoni bölmagani sababli odamlar uning hujumidan qoçişda qiynalgan. Hujum oqibatida bir neça kişi oğir jarohat olgan. Hujum vaqtida ayrim yölovçilar erkakni töxtatişga uringan. Uilyams sudda 14 kişiga oğir tan jarohati yetkazganini tan olgan, biroq ularni öldirişga uringanini rad etgan. Himoya tomoni uning hujum vaqtida şizofreniya sababli ötkir psixoz holatida bölganini bildirgan. Himoyaga jalb qilingan psixiatrning aytişiça, Uilyams öziga qarşi iblis tomonidan uyuştirilgan fitna borligiga işongan va odamlar unga zarar yetkazmoqçi deb öylagan. Joriy yilning 26 noyabr kuni olti hafta davom etgan sud jarayoni yakunida sudyalar hayati Uilyamsni 14 kişini öldirişga uriniş böyiça barça ayblovlarda aybdor deb topdi. Unga jazo keyinroq tayinlanadi.