USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Toşkent – Bekobod” yönalişida elektropoyezd qatnovi yölga qöyildi 

73 марта
“Тошкент – Бекобод” йўналишида электропоезд қатнови йўлга қўйилди 

“Toşkent – Bekobod” yönalişida soatiga 120 kilometr tezlikda harakatlanadigan 6 ta vagonli elektropoyezd qatnovi yölga qöyildi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.  

Malum qilinişiça, Prezident Şavkat Mirziyoyev bugun, 13 iyul kuni elektropoyezdda Toşkentdan Bekobod şahriga borgan.

Bekobod vokzalida Prezidentga poytaxt va mazkur şaharni boğlovçi yönalişda amalga oşirilgan işlar haqida axborot berilgan. 

192 kilometrlik “Toşkent – Bekobod” temir yöl qatnovi kuniga qariyb ming nafar, yiliga esa 300 ming nafar yölovçiga xizmat körsatişi rejalaştirilgan. Endilikda unda olti vagondan iborat, 586 nafar yölovçiga möljallangan elektropoyezd soatiga 120 kilometrgaça tezlikda harakatlanadi. 

Bildirilişiça, elektropoyezdda yölovçilar uçun barça zarur şaroitlar yaratilgan. Xususan, nogironligi bölgan şaxslar uçun maxsus kötargiçlar örnatilgan. Vagonlar konditsioner va isitiş tizimlari, yumşoq örindiqlar, USB quvvatlaş nuqtalari hamda Wi-Fi tarmoği bilan jihozlangan. Şuningdek, videokuzatuv tizimlari, elektron axborot tablolari va velosipedlar uçun maxsus joylar mavjud.

Manbaga köra, tezkor elektropoyezdning qatnovga qöyilişi avtomobil yöllaridagi transport yuklamasini kamaytiriş va ekologik toza transport uluşini oşirişga xizmat qiladi.

Taniştiruv davomida Şavkat Mirziyoyev temir yöl infratuzilmasini yanada rivojlantiriş, yölovçilar uçun şaroitlarni yaxşilaş, tarmoqlarni elektrlaştiriş va temir yöllarga tutaş hududlarni obodonlaştiriş yuzasidan mutasaddilarga tegişli topşiriqlar bergan.

Şuningdek, davlat rahbari vokzal infratuzilmasi, xizmat körsatiş sifati va yölovçilar harakatini samarali taşkil etiş masalalariga alohida etibor qaratgan.


 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: