Sayt megaserver.uz serveriga ko‘chirildi
USD: 12,018 söm ▲ EUR: 13,180 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,780 söm ▲ CNY: 1,806 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▼ AED: 3,272 söm ▲ USD: 12,018 söm ▲ EUR: 13,180 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,780 söm ▲ CNY: 1,806 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▼ AED: 3,272 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonning 6 ta hududida 2,4 mlrd sömlik “svet” öğirlandi

12 марта
Ўзбекистоннинг 6 та ҳудудида 2,4 млрд сўмлик “свет” ўғирланди

Özbekistonda bir neçta korxona, fermer xöjaligi va savdo şoxobçalari elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Holatlar oqibatida elektr tarmoqlariga jami qariyb 2,4 mlrd sömlik zarar yetkazildi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.

Qayd etilişiça, departamentning Yangiyöl tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda “P.C.” MÇJ rahbari A.K. işlab çiqariş binosida elektr hisoblagiçga taşqi tasir körsatib, 843 mln sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Yunusobod tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda esa “X.I.” MÇJ rahbari J.T. va fuqaro D.Y. lar özaro til biriktirib, umumiy ovqatlaniş şoxobçasida umumiy foydalanişdagi elektr tarmoğiga özboşimçalik bilan töğridan-töğri ulanib, 593,7 mln sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari malum bölgan.

Şuningdek, departamentning Çortoq tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda “D.T.” fermer xöjaligi masul şaxslari “Sohibkor” MFY hududidagi yer maydonida suv nasosini elektr tarmoğiga tijorat maqsadida özboşimçalik bilan ulab, 534,8 mln sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Departamentning Oqoltin tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda “A.Y.” fermer xöjaligi masul şaxslari “Andijon” MFY hududidagi yer maydonida suv nasosini elektr tarmoğiga özboşimçalik bilan töğridan-töğri ulab, 190 mln sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari foş etilgan.

Bundan taşqari, departamentning Qiziltepa tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda YaTT “U.N.” "Bobodöği" MFY hududidagi savdo dökonida umumiy foydalanişdagi elektr tarmoğiga tijorat maqsadida özboşimçalik bilan töğridan-töğri ulanib, 120,6 sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Xöjaobod tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda fuqaro U.S. (muqaddam sudlangan) “Qöşköprik” MFY hududidagi xonadonida umumiy foydalanişdagi elektr tarmoğiga özboşimçalik bilan töğridan-töğri ulanib, 101,4 mln sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi malum bölgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona viloyati Yozyovon tumanida fuqaro elektr tarmoğiga noqonuniy ulanib, 547,2 mln sömlik elektr energiyasidan foydalangani aniqlangan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: