Toşkentda odamlarning pulini “şilgan” yaşirin koll-markazlar aniqlandi
Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanida firibgarlik, noqonuniy qimor öyinlari va kripto-aktivlar aylanmasi bilan şuğullangan uçta yaşirin onlayn koll-markaz aniqlandi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, tezkor tadbirlar IIBB Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida tumandagi uçta manzilda ötkazilgan.
Dastlab, Podşoboğ mahallasidagi xonadonda 16 kişi tomonidan taşkil etilgan koll-markaz faoliyati foş etilgan. U yerda onlayn muloqot orqali foydalanuvçilar işonçiga kiriş va ularni aldaş yöli bilan pul mablağlarini qölga kiritişga qaratilgan sxema işlatilgan. Tadbir davomida 7 ta noutbuk, 32 ta telefon, 2 ta kompyuter va 3 ta Starlink qurilmasi aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.
Telefonlar tekşirilganda, uç nafar fuqaro tomonidan 16 285 USDT, yani taxminan 194,8 mln sömlik kripto-aktivlar bilan noqonuniy muomala qilingani aniqlangan. Şuningdek, 16 nafar fuqaroning Özbekiston hududida vaqtinçalik röyxatdan ötmagani malum bölib, ularga tegişli hujjatlar rasmiylaştirilgan.
Tezkor tadbirlar davomida Alpomiş mahallasida ham 10 kişi taşkil etgan onlayn koll-markaz aniqlangan. U yerda firibgarlik, qimor öyinlari va kripto-aktivlar aylanmasi bilan boğliq noqonuniy faoliyat yuritilgan. Manzildan 20 ta telefon olib qöyilgan.
Geologlar mahallasidagi uçinçi manzilda esa 28 nafar fuqaroning noqonuniy onlayn faoliyati foş etilgan. Dastlabki malumotlarga köra, ular kripto-aktivlar bilan noqonuniy muomala qiliş, turli moliyaviy sxemalar orqali, asosan, xorijiy fuqarolarni aldaş va ularning pul mablağlarini özlaştiriş bilan şuğullangan. Uşbu manzildan 36 ta telefon aşyoviy dalil sifatida olingan.
Bildirilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi (qimor va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarni taşkil etiş hamda ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroqToşkent şahrida Osiyo-Tinç okeani mintaqasi davlatlari fuqarolari tomonidan taşkil etilgan ikkita noqonuniy koll-markaz faoliyatiga çek qöyilgani haqida xabar berilgan edi.