Mast holda takroran maşina boşqarganlik uçun jazo keskin kuçaytiriladi
Özbekistonda mast holda takroran avtomobil boşqariş, tezlikni meyordan ortiq oşiriş, drift va noqonuniy poygalar uçun javobgarlik çoralarini kuçaytirilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Senatining bugun, 28 noyabr kuni bölib ötgan 21-yalpi majlisida maqullangan “Yöl harakati xavfsizligini taminlaş yanada takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunda belgilangan.
Jinoyat kodeksining 261-1-moddasiga kiritilayotgan özgartirişlarga köra, mast holda transport vositasini takroran boşqarganlik uçun bir yildan ikki yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilanmoqda. Malumotlarga köra, 2024 yilda mast holda transport vositasini boşqariş bilan boğliq 11 994 ta, 2025 yilda esa 13 521 ta huquqbuzarlik aniqlangan.
Şuningdek, Jinoyat kodeksiga yangi 261-3-modda kiritilmoqda. Unga muvofiq, voyaga yetmagan şaxsga transport vositasini boşqarişni topşiriş oqibatida örtaça oğir yoki oğir tan jarohati yetkazilsa, uç yilgaça ozodlikdan mahrum qilişgaça bölgan jazolar qöllanişi mumkin. Agar bunday harakat odam ölimi yoki boşqa oğir oqibatlarga sabab bölsa, uç yildan beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilanmoqda.
Bundan taşqari, voyaga yetmaganlarga transport vositasini boşqarişni topşirganlik uçun 50 BHM miqdorida jarima yoki 15 sutkagaça mamuriy qamoq jazosi nazarda tutilmoqda. Qayd etilişiça, 2025 yilda 14 yoş va undan kiçik yoşdagi şaxslar iştirokida 168 ta yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Qonunga muvofiq, belgilangan tezlikni meyordan ortiq oşirganlik uçun jarimalar miqdori ham köpaytirilmoqda:
- tezlikni soatiga 40 kilometrdan ortiq oşirganlik uçun – 25 BHMgaça;
- soatiga 60 kilometrdan ortiq oşirganlik uçun – 45 BHMgaça;
- soatiga 80 kilometrdan ortiq oşirganlik uçun – 65 BHM jarima va transport vositasini boşqariş huquqidan olti oyga mahrum qiliş.
- 2026 yilning dastlabki töqqiz oyida tezlikni soatiga 40-60 kilometrga oşiriş bilan boğliq 19 719 ta huquqbuzarlik qayd etilgan.
Hujjatda yöl bezoriligi, noqonuniy avtomobil poygalari, xavfli manyovrlar, drift hamda boşqa harakat iştirokçilariga qasddan tösqinlik qiliş uçun javobgarlik çoralarini kuçaytiriş ham nazarda tutilgan.
Statistik malumotlarga köra, 2025 yilda yöl bezoriligi bilan boğliq 604 ta, 2026 yilning dastlabki töqqiz oyida esa 572 ta huquqbuzarlik aniqlangan.
Senatorlarning takidlaşiça, qonundan közlangan maqsad faqat jazolarni kuçaytiriş emas, balki xavfli qoidabuzarliklarning oldini oliş, haydovçilar masuliyatini oşiriş va yöllarda insonlar hayotini muhofaza qilişdan iborat.
Muhokamalar yakunida senatorlar qonunni maqullagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda haydovçilar uçun jarimalar böyiça yangi tartib tasdiqlangandi.