USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Bolalarga maşinasini berganlar jinoiy javobgarlikka tortilişi mumkin

28 марта
Болаларга машинасини берганлар жиноий жавобгарликка тортилиши мумкин
Фарғонада маст ҳайдовчи уриб юборган ЙПХ ходими вафот этди (видео)

Farğonada mast haydovçi urib yuborgan YPX xodimi vafot etdi (video)

Özbekistonda Jinoyat kodeksida voyaga yetmagan şaxsga transport vositasini boşqarişni, agar odam ölimi yoki jarohatlanişi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan holatda, avtomobilni topşirgan şaxsga jinoiy javobgarlik belgilaş taklif qilinmoqda. Bu haqda bugun, 4 avgust kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida söz bordi. 

Deputatlar majlisda “Yöl harakati xavfsizligi tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasini birinçi öqişda körib çiqdi va qabul qildi. 

Qonun bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodekslar hamda “Yöl harakati töğrisida”gi qonunga tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritiş nazarda tutilmoqda. 

Xususan, Jinoyat kodeksida voyaga yetmagan şaxsga transport vositasini boşqarişni topşiriş oqibatida fuqaroning badaniga örtaça oğir yoki oğir şikast yetkazilgan, odam ölimi yoxud boşqa oğir oqibatlar kelib çiqqan hollarda transport vositasini topşirgan şaxsga jinoiy javobgarlik belgilaş taklif qilinmoqda.

Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda voyaga yetmagan şaxsga transport vositasini boşqarişni topşiriş, avtomototransport vositalari poygasini noqonuniy taşkil etiş va unda iştirok etiş, yuk transport vositalarini tungi vaqtda yöl harakati iştirokçilariga xavf tuğdiradigan holatda yöl çetida qoldiriş, transport vositasini hisobdan çiqariş tartibini buziş, belgilangan tezlikni 80 kilometr/soatdan ortiq miqdorda oşiriş uçun alohida va kuçaytirilgan javobgarlik belgilaş nazarda tutilmoqda.  

Şuningdek, mamuriy jazoning yangi turi – avtomototransport vositasini olti oydan bir yilgaça muddatga vaqtinça olib qöyiş çorasini joriy etiş taklif qilinmoqda. Mazkur jazo yöl bezoriligi, noqonuniy poyga taşkil etiş, transport vositalarini mastlik holatida boşqariş, mastlik holatini aniqlaş uçun tekşiruvdan ötişdan böyin tovlaş kabi qilmişlar transport vositalarini boşqariş huquqi bölmagan yoki transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum etilgan şaxs tomonidan sodir etilganda qöllanilişi belgilanmoqda. Uşbu jazo çorasi qonunda nazarda tutilgan hollarda jinoyat işlari böyiça tuman yoki şahar sudi tomonidan qöllaniladi.  

Qonun loyihasida transport vositasini mastlik holatida boşqariş yoki tegişli tekşiruvdan ötişdan böyin tovlaş uçun belgilangan jazo çoralarini takomillaştiriş, şuningdek, ayrim qöpol qoidabuzarliklar takroran sodir etilganda jarimani çegirma bilan tölaş tartibini muayyan muddat davomida qöllamaslik ham nazarda tutilmoqda.

Deputatlar qonun loyihasining asosiy maqsadi jazolarni kuçaytiriş emas, avvalo, xavfli huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş, haydovçilarning masuliyatini oşiriş va yöllarda inson hayoti ustuvorligini taminlaşga qaratilganini bildirgan.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 25 fevral kuni Toşkent şahrida soat 21:46 da 2010 yilda tuğilgan voyaga yetmagan, xususiy maktabning 10-sinf öquvçisi Doniyor Turğunov BMW M4 rusumli avtomaşinani haydovçilik guvohnomasiz boşqarib, Mirobod tumani Mirobod köçasi böylab harakatlanib kelayotgan vaqtda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi yöl-patrul xizmati inspektori Xosilbek Eşnazarovni urib yuborgandi.

Keyinroq, 3 kun davomida şifokorlar nazoratida bölgan içki işlar organi xodimi körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etdi. Uşbu xodimning oila azolari davlat muhofazasiga olinişi belgilandi.

Joriy yilning mart oyida boşida inspektorni urib ketgan ösmir Doniyor Turğunov qamoqqa olingani malum böldi. Jinoyat işi doirasida Turğunov Jinoyat kodeksining 267-moddasi (Transport vositasini olib qoçiş) 1-qismi va 104-moddasi 3-qismi “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinuvçi tariqasida jalb etilgani xabar qilindi. Hodisa böyiça Doniyor Turğunov ustidan sud jarayoni boşlangan. Iş voyaga yetmagan şaxs iştirokida bölgani uçun sud jarayoni yopiq tarzda ötmoqda. Dastlabki sud majlisi Jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudida joriy yilning 26 iyun kuni bölib ötgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: