Jinoyat işlarida advokatning vakolati kengayişi mumkin
Endi Özbekistonda jinoyat işi sudga oşirilganda himoyaçining fikri ham ilova qilinişi mumkin. Bu haqda bugun, 7 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida ikkinçi öqişda körib çiqilgan “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasida söz boradi.
Mazkur loyiha bilan Jinoyat-protsessual kodeks hamda “Advokatura töğrisida”gi qonunga tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritiş belgilanmoqda.
Loyihaga köra, jinoyat işi sudga faqat ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan emas, balki himoyaçining fikri bilan birga kiritilişi nazarda tutilmoqda.
Şuningdek, himoyaçiga dastlabki tergov yoki suriştiruv yakunlanganidan keyin beş sutka içida “himoya fikri”ni taqdim etiş huquqi berilişi belgilanmoqda. Himoya fikrida ayblovga munosabat, dalillar, jazoni yengillaştiruvçi holatlar, sudga çaqirilişi söralayotgan şaxslar va boşqa fikrlar aks ettirilişi mumkin.
“Kiritilayotgan özgartiriş va qöşimçalar sud muhokamalarida tenglikni taminlaş, sudyaning iş böyiça har ikki tomon fikri bilan oldindan tanişişiga imkoniyat yaratiş hamda odil sudlov sifatini oşirişga xizmat qiladi”, deyiladi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi xabarida.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilingan va Senatga yuborilgan.