Öpka saratoni hujayralarini yöq qilişga qodir bakteriya topildi
Manxetten tuproğidan ajratib olingan Bacillus turkumiga mansub mikroorganizmlar laboratoriya şaroitida ösmalarning uç ölçamli modellariga qarşi samarali bölgan zaharli birikmalar işlab çiqaradi. Bu haqdagi tadqiqot “ScienceAlert”da elon qilindi.
Qayd etilişiça, Nyu-Yorkning jamoat xiyobonlari tuproğidan yiğilgan bakteriyalar odam öpka saratoni hujayralarini yöq qiliş xususiyatiga ega zaharli moddalar işlab çiqaradi. Onkobiolog Dxruba Deb rahbarligidagi Kolumbiya universiteti tadqiqotçilari ana şunday xulosaga kelgan.
Olimlar Manxettendagi 25 ta xiyobondan tuproq namunalarini olib, ulardan 17 ta bakteriya kulturasini ajratib olgan. Laboratoriya şaroitida barça 17 namuna östirilgan öpka saratoni hujayralarini öldiradigan birikmalar işlab çiqariş qobiliyatini namoyiş etgan, biroq ularning tasir kuçi sezilarli darajada farq qilgan. Genetik ketma-ketlikni aniqlaş şuni körsatdiki, ajratib olingan ştammlarning 80 foizdan ortiği Bacillus turkumiga mansub.
Keyingi sinovlar odam limfomasi, siçqonlarning yöğon içak saratoni hujayralariga hamda real ösmalarga taqlid qiluvçi öpka saratonining uç ölçamli sferoidlariga nisbatan ham tsitotoksik tasir körsatgan törtta alohida Bacillus ştammini ajratib oliş imkonini bergan. Taxminlarga köra, ikkita ştamm yirik oqsil toksinlarini, qolgan ikkitasi esa kiçikroq birikmalarni sintez qiladi. Eng kuçlisi B. wiedmannii ştammi bölib, uning faolligi ehtimol gemolizin BL oqsil toksini bilan boğliq, B. thuringiensis tasiri esa past molekulyar beta-ekzotoksin bilan izohlanadi.
Şu bilan birga, yuqori toksiklik tufayli bakteriyalarning özi ösma sferoidlari içida örnaşib qola olmagan. Şuning uçun mualliflar kelajakda ularning genlarini ösma içiga yetkazib bera oladigan zararsiz piçan tayoqçasi – B. subtilis’ga köçirib ötkazişni taklif qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq arxeologlar Janubiy Sibirdagi qariyb 2 800 yillik qabrdan qadimda “kannabis“ning psixoaktiv tasiridan foydalanilganini tasdiqlovçi dalillarni topgani haqida xabar berilgan edi.