USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲ USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tuman havoni bakteriyalar yordamida tozalaşi aniqlandi

63 марта
Туман ҳавони бактериялар ёрдамида тозалаши аниқланди

Arizona ştati universiteti tadqiqotçilari tuman şunçaki suv tomçilarining töplami emas, balki bakteriyalar yaşaşi, köpayişi va ifloslantiruvçi moddalarni qayta işlaşi mumkin bölgan faol mikromuhit ekanligini aniqladi. Bu haqdagi tadqiqot “mBio” jurnalida elon qilindi.

Malumotlarga köra, bakteriyalar tuman tomçilariga şunçaki tuşib qolmaydi, balki u yerda biologik jihatdan faolligini saqlab qoladi: ular hajman kattaradi, bölinadi va hayotiy faoliyati uçun mavjud moddalardan foydalanadi.

Tadqiqotçilar tumandagi mikroorganizmlar kontsentrattsiyasi dengiz suvidagi bilan teng ekanligini aniqlagan. Tuman namligining bitta kiçik hajmida 10 milliongaça bakteriya bölişi mumkin.

Şuningdek, mikroorganizmlar atmosferani ifloslantiruvçi modda hisoblangan formaldegiddan ozuqa manbai sifatida foydalanişga qodirligi malum böldi. Bunda bakteriyalar uni öz ösişi uçun işlatişdan köra tezroq parçalab, karbonat angidrid gaziga aylantiradi.

Olimlarning fikriga köra, tuman zararli moddalar kontsentratsiyasini kamaytirib, atmosferaning tabiiy filtri vazifasini bajarişi, şuningdek, ekotizimlarda ilgari öylanganidan köra muhimroq rol öynaşi mumkin.

Tadqiqotçilarning qayd etişiça, suv oliş uçun tuman yiğiş texnologiyasi allaqaçon ayrim hududlarda qöllanilmoqda, biroq endilikda tarkibida mikroorganizmlar mavjudligi sababli bunday suvni qöşimça tozalaş zarurligi masalasi yuzaga kelmoqda. Bunda inson uçun xavf darajasi past deb baholanmoqda va u asosan immuniteti zaiflaşgan insonlarga tegişlidir. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: