USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qaysi jins vakillarining miyasi tezroq qarişi aniqlandi

100 марта

Qaysi jins vakillarining miyasi tezroq qarişi aniqlandi

Norvegiyaning Oslo universiteti olimlari erkaklarning miyasi ayollarnikiga qaraganda ertaroq qarişini aniqladi. Bu haqdagi tadqiqot “Proceedings of the National Academy of Sciences” (PNAS) jurnalida elon qilindi.

Tadqiqotçilar 17 yoşdan 95 yoşgaça bölgan 4 726 nafar soğlom odamning 12 638 ta MRT tasvirlarini tahlil qilgan. Har bir iştirokçi kamida ikki marta, taxminan uç yillik farq bilan tekşiruvdan ötgan. Bu esa miya özgarişlarini vaqt davomida soliştiriş imkonini bergan.

Mutaxassislar boş miya pöstloğining qalinligi va yuzasi, şuningdek, oq va kulrang moddalar hajmini ölçagan. Malum bölişiça, erkaklarda miya hajmining kamayişi va pöstloqning yupqalaşişi biroz tezroq sodir bölgan, ayniqsa köriş va xotira bilan boğliq hududlarda. Ayollarda esa faqat çakka bölagining kiçik bir qismida yoş ulğayiş belgisi kuzatilgan. Şunga qaramay, farqlar juda kiçik, masalan pöstloq qalinligining kamayiş tezligi yiliga atigi öndan bir foizga farq qilgan.

Şuningdek, olimlar yoş va umr davomiyligi natijalarga qanday tasir qilişini ham tekşirgan. Ayollarning örtaça uzoq umr körişi inobatga olinganidan söng, jinslar örtasidagi farqlar deyarli yöqolgan. Bu esa miyaning tabiiy qarişi ayollarda Altsgeymer kasalligi köproq uçraşining sababi emasligini körsatgan.
“Biz ayollar miyasining erkaklarnikiga qaraganda tezroq yemirilayotganini körsatadigan dalillar topmadik. Dementsiya ayollarda köproq uçraşining sababi ehtimol, umr davomiyligi, genetika yoki taşxis qöyişdagi öziga xosliklar bilan boğliq”, deydi tadqiqot muallifi Anne Ravndal.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: