Olimlar 5000 yillik mumiyodan olingan açitqida non yopdi
7-06-2026, 05:24
152 марта

Olimlar 5000 yillik mumiyodan olingan açitqida non yopdi
Olimlar 5000 yillik mumiyolangan jasaddan olingan açitqi yordamida tabiiy xamirturuşli non tayyorladi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.Naşrning yozişiça, 1991 yilda Alp toğlaridan topilgan maşhur Muz odami Etsi mumiyosi olimlarni hayratda qoldirişda davom etmoqda. Tadqiqotçilar bundan beş ming yil avval yaşagan insonning töqimalarida haligaça tirik mikroorganizmlar, jumladan, sovuqqa çidamli noodatiy açitqilar saqlanib qolganini aniqlagan.
Eurac Researç mutaxassislari Etsining terisi, içki töqimalari va oşqozonidagi qoldiqlardan olingan namunalarni örganib çiqqan. Tahlillar şuni körsatdiki, mumiyoda qadimgi içak bakteriyalaridan tortib, juda past haroratda ham yaşay oladigan açitqilargaça bölgan butun bir mikroorganizmlar jamoasi saqlanib qolgan.
Olimlarda ayniqsa açitqilar katta qiziqiş uyğotgan. Ular uşbu mikroorganizmlarni laboratoriya şaroitida östirib, asta-sekin unli muhitga moslaştirişga muvaffaq bölgan. Bir neça oylik tajribalardan söng, mikroorganizmlar xuddi oddiy non açitqisi kabi işlay boşlagan.
Yakunda tadqiqotçilar xamir qorib, taxminan 5300 yillik tarixga ega bölgan mumiyodan olingan açitqi yordamida haqiqiy non yopgan. Tadqiqot rahbari Muhammad Sarhanning sözlariga köra, xamir taxminan bir sutkada köpçib çiqqan va pişiriş uçun butkul yaroqli bölgan.
Tajribalar şu bilan tugab qolmaydi. Olimlar hozirda uşbu qadimiy açitqilardan pivo va boşqa açitilgan mahsulotlar işlab çiqarişda foydalaniş imkoniyatlarini muhokama qilmoqda.