Ohangaronda sifatsiz benzin sotgan “zapravka”ning faoliyati töxtatildi
Toşkent viloyatining Ohangaron şahrida sifatsiz AI-92 rusumli benzin sotgan avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçasi faoliyati töxtatilib, egasiga 37 million söm jarima qöllanildi. Bu haqda Özenergoinspektsiya xabar berdi.
Qayd etilişiça, inspektsiyaga şahardagi “B.M.O.” MÇJga qaraşli AYoQŞda davlat standartlari talablariga javob bermaydigan AI-92 markali benzin sotilayotgani yuzasidan murojaat kelib tuşgan.
Murojaat asosida inspektsiya xodimlari şoxobçada tekşiruv ötkazib, sotuvdagi benzindan namunalar olgan. Kimyo laboratoriyasida ötkazilgan tahlillar natijasida yoqilğining sifatsizligi aniqlangan.
“Laboratoriya tahlillari natijalariga köra, AYoQŞda sotuvda bölgan AI-92 markali avtobenzin davlat standartlari talablariga muvofiq emasligi (sifatsizligi) aniqlandi. Mazkur qoidabuzarlik böyiça qonunçilikda belgilangan talablarga asosan şoxobça faoliyati töxtatildi”, deyiladi xabarda.
Şuningdek, aniqlangan qoidabuzarlik uçun realizatsiya qilingan neft mahsuloti qiymatining 50 foizi miqdorida, yani 37 million söm jarima qöllanilgan.