Toşkentning ayrim köçalari vaqtinçalik yopiladi
Toşkent şahrining ayrim köçalarida 2026 yil 30 noyabrdan 2027 yil 10 yanvargaça transport vositalari harakati vaqtinça çeklanadi. Çeklovlar Yangi yil bayrami tadbirlariga tayyorgarlikning birinçi bosqiçi doirasida joriy etiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Malum qilinişiça, tayyorgarlikning birinçi bosqiçi doirasida quyidagi köça qismlarida transport harakati töxtatiladi:
Istiqlol köçasining Buyuk Turon va Zarafşon köçalari oraliğidagi qismi;
Buyuk Turon köçasining Istiqlol köçasi bilan kesişmasidan Yoşlar ijod saroyigaça bölgan qismi.
Hokimlik ikkinçi bosqiçda joriy etiladigan harakat çeklovlari haqida qöşimça malumot berilişini bildirgan.
Haydovçilarga harakat yönalişlarini mazkur çeklovlarni inobatga olgan holda rejalaştiriş tavsiya etilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda atmosfera havosi sifatining yomonlaşişiga qarşi qöşimça çoralar joriy etiş taklif qilinayotganligi haqida xabar berilgan edi. Yangi mexanizmlarga köra, havo ifloslanişi belgilangan darajaga yetganda korxonalar faoliyatini qisqartiriş, avtomobillar harakatini çeklaş va quriliş işlarini vaqtinça töxtatiş mumkin.