Sayt megaserver.uz serveriga ko‘chirildi
USD: 12,018 söm ▲ EUR: 13,180 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,780 söm ▲ CNY: 1,806 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▼ AED: 3,272 söm ▲ USD: 12,018 söm ▲ EUR: 13,180 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,780 söm ▲ CNY: 1,806 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▼ AED: 3,272 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Erdöganda ayriliq, Ğazodagi qurbon bolalar va azonni çeklamagan Isroil

58 марта
Эрдўганда айрилиқ, Ғазодаги қурбон болалар ва азонни чекламаган Исроил

26 noyabr kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğanning “Qosimpaşalik Kamol afandi” nomi bilan tanilgan Quron ustozi, hofizi Quron Ali Kamol Hut vafot etdi.

Naşrga köra, 27 noyabr kuni marhum Ali Kamol Hutning janoza marosimi Istanbuldagi Fotih masjidida ötkazildi. Marosimda Rajab Toyib Erdöğanning şaxsan özi iştirok etdi. Prezident Quron ustozi bölgan marhumning oila azolari va yaqinlariga taziya bildirdi hamda tobuti yonida ustozi haqqiga duo qildi.

Istanbul Haseki oliy diniy ixtisoslaşuv markazi öqituvçisi, doktor Aziz Çinor imomligida öqilgan janoza namozida Erdöğan bilan birga önlab mulozimlar ham iştirok etdi.

Prezident Erdöğan öz nutqida ustozi Ali Kamol Hutni bolaligidan, Qosimpaşadagi “Jome Kabir” masjididan tanişini aytdi. Uning takidlaşiça, ular örtasidagi uzoq yillik munosabatlar aynan şu yerdan boşlangan.

Erdöğan marhum keyinçalik Fotih tumanining Çorşanba mavzesiga köçib ötgani, söng Amir Buxoriyda şogirdlar tarbiyalay boşlaganini ham qöşimça qildi.

“Bu yerda uning umri davom etdi. Keyinçalik Amir Buxoriyda şogirdlar yetiştirişni boşladi. Ötgan hafta u yerga sönggi bor taşrif buyurgandik. Şu taşrifdan keyin bu xabarni eşitdik. Alloh rahmatiga olsin, joyi jannatda bölsin. Parvardigor bizni Öz jannati va jamoli bilan siylasin. Biz Kamol afandini juda yaxşi körardik. U kamtarlik timsoli edi. Kamtarlik borasida unga öxşagan insonlar juda kam bölsa kerak. U şunday inson edi”, dedi Turkiya prezidenti.

Erdöğan sözining yakunida marhumning haqqiga duo qilib, yiğilganlardan ustozidan rozi bölişlarini söradi.

“Parvardigor bizni suyukli Habibining “Livoul-hamd” nomi bilan atalgan bayroği ostida jamlasin. Alloh yor va madadkorimiz bölsin. Marhum haqida yaxşi guvohliklar bildirildi. Biz ham bir guvohlik bildiramiz. Barçamiz undan rozi bölaylik. Haqqimiz halol bölsin”, dedi u.

Şundan söng prezident janoza maşinasiga olib çiqilayotgan ustozining tobutini yelkasiga oldi. Ali Kamol Hutning jasadi marosimdan keyin dafn etiş uçun Istanbulning Ayvonsaroy mavzesidagi Amir Buxoriy xonaqohi qabristoniga olib ketilib, dafn qilindi.

Isroil hujumlari oqibatida 16 nafar öquvçi halok böldi

Joriy yilning noyabr oyi boşidan buyon Isroil hujumlari oqibatida Ğazo sektorida kamida 16 nafar maktab öquvçisi halok böldi.

Qayd etilişiça, sönggi qurbonlar 26 noyabrga ötar keçasi Ğazo şahrining ğarbiy qismidagi turar joyga berilgan havo zarbasi oqibatida halok bölgan 15 va 13 yoşli opa-singillar – Yusra hamda Jana Abu al-Ouf bölgan. Hujumda ularning ota-onasi – 47 yoşli Muhammad Majid Abu al-Ouf va 41 yoşli Nura Izzat Abu al-Ouf ham halok bölgan. Zarba oqibatida yana bir neça falastinlik jarohatlangan.

Malumotlarga köra, noyabr oyida falastinlik öquvçilarga qarşi hujumlar bir neça bor takrorlangan. Jumladan, 6 noyabr kuni 15 yoşli Muhammad Nidal Yunisdagi al-Mavosiy hududida sport maşğuloti vaqtida Isroil kuçlari tomonidan öq uzilişi oqibatida halok bölgan.

13 noyabr kuni esa Dayr al-Balah şahrida Isroil artilleriyasi tomonidan amalga oşirilgan öqqa tutiş oqibatida 12 yoşli Ahmad, uning otasi va yana bir ayol halok bölgan.

Qayd etilişiça, Isroilning Ğazodagi uruşi davomida minglab maktab yoşidagi bolalar va yuzlab talim sohasi xodimlari halok bölgan. Ön minglab bolalar muntazam talim oliş imkoniyatidan mahrum bölgan.

BMT Bolalar jamğarmasi (UNICEF) malumotlariga köra, Ğazodagi maktab binolarining 98 foizi zarar körgan. Ularning 93 foizdan ortiği jiddiy tamirlaş yoki töliq qayta qurişni talab qiladi, qariyb 81 foizi esa bevosita zarbalarga uçragan.

Şuningdek, Ğazoda bolalar va yoşlar orasida meningit bilan kasallaniş holatlari ham ortmoqda. Mahalliy soğliqni saqlaş vazirligi oktyabr oyida 270 dan ortiq yangi holat qayd etilgaç, epidemiya xavfi haqida ogohlantirgan.

Ğazo soğliqni saqlaş vazirligi malumotlariga köra, sönggi uç yil içida Isroilning harbiy amaliyotlari oqibatida kamida 74 746 nafar falastinlik halok bölgan. Ularning 20 ming nafardan ortiği bolalardir.

Isroil mudofaa armiyasi esa ayrim hodisalar yuzasidan izoh beriş uçun yetarli malumotga ega emasligini bildirgan. Ahmad Abu Daher halok bölgan kuni ötkazilgan amaliyotlarda 10 nafar “terrorçi” yöq qilinganini, zarbalar oldidan tinç aholiga zarar yetişini kamaytiriş çoralari körilganini malum qilgan.

Varşavada Ukraina fuqarosi özini yoqib yubordi

Varşava şahrida Ukraina fuqarosi Polşa prezidenti saroyi yaqinida özini yoqib yubordi. Hodisa 25 noyabr kuni keçqurun sodir bölgan. Erkakning bu harakati Polşada ukrainaliklarga nisbatan kamsitişlarga norozilik bildiriş bilan boğliq bölişi mumkin, biroq bu versiya hozirça rasman tasdiqlanmagan.

22 yoşli yigit öz ustiga yonuvçan suyuqlik quyib, özini yoqqan. Hodisani körgan yölovçilar birinçi bölib unga yordam berişga şoşilgan. Ulardan biri öt öçirgiç olib kelib, alangani öçirgan. Fakt naşrining yozişiça, yaqin atrofda navbatçilik qilayotgan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari öt öçiriş xizmati va tez tibbiy yordamni çaqirgan.

Jabrlanuvçi şifoxonaga yotqizilgan. Uning yuzi, orqasi, oyoqlari, qöllari va yuqori nafas yöllari jiddiy kuygan. Ayni vaqtda u Varşava harbiy tibbiyot institutining reanimatsiya bölimida davolanmoqda. Malumotlarga köra, uning ahvoli oğir.

Radio Eska naşrining xabar berişiça, tergovçilar hozirda voqeaning ikkita asosiy sababini körib çiqmoqda. Birinçi taxminga köra, yigit siyosiy norozilik bildiriş maqsadida harakat qilgan bölişi mumkin. U Polşada ukrainaliklarga nisbatan munosabat haqida yozilgan plakatni kötarib yurgani aytilmoqda. Biroq yigit oğir kuyiş jarohatlari olgani sababli uşbu taxminni tekşiriş qiyin keçmoqda.

Ikkinçi taxmin esa uning şaxsiy hayotidagi muammolar bilan boğliq. Norasmiy malumotlarga köra, yigit Çenstoxova texnologiya universitetida tahsil olgan va öqişida ayrim muammolarga duç kelgan bölişi mumkin.

“Miejski Reporter” naşri esa yigit Çenstoxova universitetidan haydalişi mumkin bölganini aniqlaştirgan. Naşrning yozişiça, u şundan söng ukrainaliklar va polyaklarga teng munosabatda bölişni talab qiliş uçun maxsus Varşavaga kelgan bölişi mumkin.

Polşa Içki işlar va mamuriyat vazirligi vakili Karolina Galeska “Euronews Poland” naşriga bergan intervyusida hodisa sabablari haqida xulosa çiqariş hali erta ekanini aytgan.

Isroil parlamenti masjidlarda azonni çeklaş haqidagi qonunni rad etdi.

Isroil parlamenti masjidlarda azon ovozini çeklaşni nazarda tutuvçi qonun loyihasini qabul qilmadi. Ovoz berişda 45 nafar deputat hujjatni qöllab-quvvatlagan, 63 nafari esa unga qarşi çiqqan.

Malum qilinişiça, qonun loyihasi muhokamasi vaqtida Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir iştirokida janjal kelib çiqqan. Hodisa ortidan vazir majlislar zalidan çiqarib yuborilgan.

Öta öngçi “Otsma Yehudit” partiyasi deputatlari taşabbusi bilan işlab çiqilgan qonun loyihasi masjidlarda musulmonlarni namozga çorlaş uçun ovoz kuçaytirgiçlardan foydalanişni çeklaşni nazarda tutgan. Hujjatga köra, masjidlar bunday uskunalardan foydalaniş uçun atrof-muhitni muhofaza qiliş vaziridan maxsus ruxsatnoma olişi kerak edi.

Şuningdek, politsiyaga ovoz kuçaytirgiçlarni öçiriş, uskunalarni musodara qiliş va qoidabuzarlarga 50 ming şekelgaça jarima soliş vakolatini beriş taklif qilingan.

Qonun loyihasiga qarşi çiqqan arab deputatlari uni mamlakatdagi musulmon ozçiligini taqib qilişga qaratilgan taşabbus deb baholagan. Ular hujjat ortida musulmon jamoasiga nisbatan oçiqdan-oçiq duşmanlik kayfiyatida bölgan vazir turganini takidlagan.

Paşinyan Rossiya FXXdan Armaniston çegarasidan çiqib ketişni söradi

Armaniston Rossiya Federal xavfsizlik xizmati çegara xizmati kömagidan butunlay voz keçiş va öz çegaralarini mustaqil ravişda qöriqlaş niyatida. Bu haqda 26 noyabr kuni mamlakat boş vaziri Nikol Paşinyan malum qildi.

“Kelgusi yillarda çegaralarimiz uçun masuliyatni töliq öz zimmamizga oliş vaqti keldi”, dedi Paşinyan.

Avvalroq u örta muddatli istiqbolda çegaralarni töliq nazoratga olişga umid qilayotganini aytgan edi. Uning sözlariga köra, bu Yevropa Ittifoqi bilan viza rejimini liberallaştirişga tayyorgarlik doirasida çegara xizmatini isloh qiliş bilan boğliq.

Rossiya çegaraçilaridan voz keçiş rejalari haqidagi bayonot Paşinyanning Moskvaga taşrifidan bir hafta oldin yangradi.

Malumot uçun, Rossiya çegaraçilari Armanistonda 1992 yil 30 sentyabrdagi şartnoma asosida xizmat olib boradi va Turkiya hamda Eron bilan çegaralarni qöriqlaşda iştirok etadi. Yerevan ularning mamlakatdagi iştirokini izçil ravişda qisqartirib kelmoqda.

2024 yil avgust oyida FXX xodimlari “Zvartnots” xalqaro aeroportini, 2025 yil yanvar oyida Eron bilan çegaradagi “Agarak” nazorat-ötkaziş punktini, fevral oyining oxirida esa Turkiya bilan çegaradagi “Marğara” nazorat-ötkaziş punktini tark etgan.

2026 yil sentyabr oyida Paşinyan 1995 yildan beri Gyumrida joylaşgan Rossiyaning 102-harbiy bazasi mavjudligi zaruratini ham şubha ostiga olgan. Boş vazirning sözlariga köra, baza Armaniston xavfsizligi uçun hayotiy muhim ahamiyatga ega emas.

Yerevan va Moskva örtasidagi munosabatlar 2024 yil fevral oyida keskinlaşgan edi. Öşanda Armaniston Kollektiv Xavfsizlik Şartnomasi Taşkilotidagi (KXŞT) iştirokini muzlatib qöygan va Rossiyani Ozarbayjon bilan mojaro paytida respublika xavfsizligini taminlaş böyiça öz majburiyatlarini bajarmaganlikda ayblagan edi.

Paşinyan taşkilotni “pufak-ittifoq” deb atagan va mamlakatning unga qiziqişi qolmaganini bildirgan.

Eronda opa-singillarga oğir jazo berildi

Eronda joriy yilning yanvar oyidagi hukumatga qarşi namoyişlarda iştirok etgan ikki nafar egizak opa-singilga nisbatan sud hukmi çiqarildi. 21 yoşli Taraneh Rahimiy osib öldiriş jazosiga, uning singlisi Romina esa 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Malum qilinişiça, opa-singillar 2026 yil yanvar oyining oxirida hibsga olingan. Biroq ularning oila azolari uç oydan ortiq vaqt davomida qizlar qayerda saqlanayotgani haqida malumot ololmagan. Onasi ular bilan faqat may oyida uçraşiş imkoniga ega bölgan.

Taranehga Eron qonunçiligida “Xudoga qarşi uruş olib boriş” manosini anglatuvçi “moharebe” moddasi böyiça ayblov qöyilgan. Uşbu jinoyat uçun mamlakat qonunçiligida ölim jazosi belgilangan. Sud materiallarida qiz namoyiş vaqtida sovuq qurol bilan qatnaşgani va odamlar hayotiga xavf tuğdirgani qayd etilgan.

Tergov jarayonida Romina ham jinoyatga şeriklikda ayblanib, 25 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Opa-singillarning yaqinlari ular hibsda bölgan vaqtda turli qiynoqlar va bosimlarga duç kelganini malum qilgan. Xususan, tergovçilar Taranehni aybini tan olişga majburlaş uçun uning köz öngida Rominaga nisbatan jinsiy zöravonlik qiliş bilan tahdid qilgan. Taraneh sudda özidan olingan körsatmalar qiynoqlar tasirida berilganini ham bildirgan.

Mazkur iş Eronda yanvar oyida bölib ötgan norozilik namoyişlari iştirokçilariga nisbatan qöllanilayotgan jazo çoralari bilan boğliq holatlardan biri hisoblanadi.

BMTning Eron böyiça maxsus maruzaçisi May Sato keltirgan malumotlarga köra, Isfahon şahridagi bir iş böyiça yana 10 kişi ölim jazosiga hukm qilingan. Huquq himoyaçilari esa namoyiş iştirokçilariga nisbatan qöyilayotgan ayblovlar siyosiy asosga ega ekanini takidlamoqda. Ularning bildirişiça, namoyişlardan keyin mamlakatda qatl etiş holatlari ham sezilarli darajada köpaygan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: