Sayt megaserver.uz serveriga ko‘chirildi
USD: 12,018 söm ▲ EUR: 13,180 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,780 söm ▲ CNY: 1,806 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▼ AED: 3,272 söm ▲ USD: 12,018 söm ▲ EUR: 13,180 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,780 söm ▲ CNY: 1,806 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▼ AED: 3,272 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Mubaşşir Ahmad işi kassatsiya tartibida köriladi

23 марта
Мубашшир Аҳмад иши кассация тартибида кўрилади

Joriy yilning 3 dekabr kuni diniy ulamo Mubaşşir Ahmad (Alişer Tursunov) işi Toşkent şahar sudida kassatsiya instantsiya tartibida körib çiqiladi. Bu haqda sud majlislari jadvalida keltirilgan.

Mubaşşir Ahmadning advokati Abdulloh Sodiq ham özining Facebook ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida sud işi haqida malumot berdi.

Суд мажлислари жадвали

Uning bildirişiça, 3 dekabr kuni soat 15:30 da Toşkent şahar jinoyat işlari böyiça sudining kassatsiya instantsiyasida Mubaşşir Ahmad işi böyiça kassatsiya şikoyati körib çiqiladi.

“Kassatsiya instantsiyasida himoya tomoni sud qarorini qayta körib çiqiş, Jinoyat kodeksining 244-1 moddasi 3-qismi “g” bandi va 156-moddasi 2-qismi bilan elon qilingan ayblov bòyiça oqlov hukmi çiqariş orqali adolatni tiklaşni söramoqda”, deyiladi xabarda.

Malumot uçun, 2025 yilning 8 oktyabr kuni Jinoyat işlari böyiça Uçtepa tuman sudi hukmi bilan Mubaşşir Ahmad Jinoyat kodeksining 156-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qözğatiş) 2-qismi, 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş) 3-qismi “g” bandi va 244-3-moddasi (diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravişda tayyorlaş, saqlaş, olib kiriş yoki tarqatiş)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini (engilroq jazo tayinlaş) qöllagan holda 59 (bir neça jinoyat sodir etganlik uçun jazo tayinlaş) va 61 (jazolarni qöşişning hisoblaş qoidalari) moddalari tartibida 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilandi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Mubaşşir Ahmad soğliği yomonlaşgani sabab Toşkentdagi Jazoni ijro etiş departamentiga qaraşli “Sangorod” şifoxonasiga köçirilgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: