USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Mubaşşir Ahmad “Sangorod”ga köçirildi

327 марта

Mubaşşir Ahmad “Sangorod”ga köçirildi 

Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidagi koloniyada saqlanayotgan diniy olim va bloger, “Azon Global” axborot-tahliliy portali asosçisi Mubaşşir Ahmad (Alişer Tursunov) soğliği yomonlaşgani sabab Toşkentdagi Jazoni ijro etiş departamentiga qaraşli “Sangorod” şifoxonasiga köçirildi. Bu haqda “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati rahbari Abdurahmon Taşanov malum qildi.

Uning aytişiça, Tursunov qandli diabetning oğir şakli bilan hastalangan. Şu sababli IIV Jazoni ijro etiş departamenti insonparvarlik tamoyillari asosida jazoni yengilroq çoraga almaştiriş böyiça sudga taqdimnoma kiritişiga umid bildirilmoqda.
Malumot uçun, 2025 yilning 8 oktyabr kuni Jinoyat işlari böyiça Uçtepa tuman sudi hukmi bilan Mubaşşir Ahmad Jinoyat kodeksining 156-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qözğatiş) 2-qismi, 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş) 3-qismi “g” bandi va 244-3-moddasi (diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravişda tayyorlaş, saqlaş, olib kiriş yoki tarqatiş)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini (engilroq jazo tayinlaş) qöllagan holda 59 (bir neça jinoyat sodir etganlik uçun jazo tayinlaş) va 61 (jazolarni qöşişning hisoblaş qoidalari) moddalari tartibida 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: