“Salomatligi oğir”. Mubaşşir Ahmad koloniyada yomon şaroitda saqlanayotgani aytildi
7-01-2026, 20:24
345 марта

“Salomatligi oğir”. Mubaşşir Ahmad koloniyada yomon şaroitda saqlanayotgani aytildi
Diniy olim va bloger, “Azon Global” axborot-tahliliy portali asosçisi Mubaşşir Ahmad (Alişer Tursunov) Navoiydagi Jazoni ijro etiş koloniyasida salomatligi bilan boğliq jiddiy muammolarga qaramay, oğir şaroitda saqlanmoqda.Advokatga köra, Alişer Tursunov (Mubaşşir Ahmad) bugungi kunda tayinlangan 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş tariqasidagi jazoni Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanida joylaşgan Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etiş departamentiga qaraşli 5-sonli Jazoni ijro etiş koloniyasida ötamoqda.
Qayd etilişiça, 2025 yilning 26 noyabr kuni advokatlar Tursunov bilan bevosita 5-sonli JIEKda uçraşgan vaqtida, mahkumning qon bosimi bir neça marotaba 180 mm rt. st. dan oşgani, qandli diabet kasalligi oqibatida buyraklari yaxşi işlamayotgani, oyoqlari işib ketgani va boşqa şu kabi hamroh kasalliklari soğliği va hayotiga jiddiy xavf tuğdirayotgani malum bölgan.
Qolaversa, uşbu fakt advokatlar tomonidan berilgan advokatlik söroviga javoban taqdim etilgan xatda ham öz tasdiğini topgan.
26 dekabr kuni advokatlar tomonidan Mubaşşir Ahmad bilan takroran uçraşilganda, u xatda körsatilgan muolajalarning birortasini olmaganini, uni faqat tibbiy körikdan ötkazişganini, lekin yotqizib davolaşmaganini, dori vositalari bilan taminlanmaganini, oddiy dam olişga ham ruxsat yöqligini malum qilgan.
Biroq advokatlar tomonidan ikki marotaba IIV JIEDga murojaat bilan borilganda, departament boşliği örinbosari va tibbiy xizmat boşliği tomonidan mahkum bir neça marotaba tibbiy punktda davo muolajalari olgani, bugungi kunda ham davolanayotgani, soğliği yaxşi holatda ekani, şu sababli işga olib çiqilayotgani haqida notöğri malumot taqdim etilgan.
Qolaversa, jazoni ötaş davomida Tursunov Qiziltepa tumanida joylaşgan ğişt zavodlarining birida majburiy tarzda işlaşga çiqarilayotgani aytildi.
Advokatning qöşimça qilişiça, himoyasida bölgan şaxs soğliğining şunday bir yomon holatida 16 soatlab tik oyoqda işlaşga va yurişga majburlanmoqda.
“Alişer Tursunovning soğliği yaxşi emasligi, qandli diabet kasalligi qiynayotgani, oyoqlari işib ketib, buyragi yaxşi holatda emasligi, tanasida har-xil yaralar paydo bölayotganini köra-bila turib, uni oğir va sovuq ob-havoda mehnat qilişga jalb etişdan maqsad nima?” deydi Abdulloh Sodiq.
Unga köra, yuqoridagi fakt, yani 2025 yil 28 oktyabrda etap qilingan mahbusning 1 oy içida 3 marotaba davolangani, qandli diabet, artroz, stenokardiya va boşqa şu kabi hamroh kasalliklar bilan oğrişi uşbu şaxsni ozodlikdan mahrum qiliş tarzidagi jazoni ötay olmasligini anglatadi.
Şuningdek, Tursunov özining sözlarida 2026 yilning 11 martida qonun böyiça jazoning 3/1 qismini ötab bölgani sababli manzil-koloniyaga ötkazilişi kerakligini, lekin unga har-xil tazyiqlar ötkazilib, arzimas narsa bilan qoidabuzarlik rasmiylaştirib, ötkazilişini keçiktirişga harakat bölişi mumkinligidan xavotirda ekanini bildirgan.
Bundan taşqari, Mubaşşir Ahmad muassasa xodimlari tomonidan unga nisbatan boşqa mahbuslar qatori bir xil munosabat bölmayotganidan, bir misol: kimdir oddiy şamollasa 5-6 kunlab tibbiy punktda davolanib çiqişini, biroq uning şunça kasalligi bölsa-da, oyoqlari işib ketgan hamda oyoğidagi yaralar qorayib, gangrena kasalligiga qarab ketayotgan, bir söz bilan aytganda ahvoli kritik darajada bölsa-da davolanişga ruxsat yöqligini, faqat işga çiq deb majburlaşlarini bildirgan.
Qolaversa, u oyoqlari va undagi yaralar oğriyotgani haqidagi şikoyatlari etiborsiz qolayotgani, faqat oğriq qoldiruvçi ukol qilişlari va bu vaqtinçalik çora ekanini, keyin yana oğriqlar davom etib, yurişga qiynalayotganini malum qilgan.
“Şu holida, A.Tursunov ikkinçi qavatdagi krovatda uxlaşga majbur. Oyoğidagi yara har bir çiqiş va tuşişda unga azob bermoqda. Bir neça marotaba yiqilib tuşişiga ham sabab bölgan. Açinarlisi, himoyamdagi şaxsga advokatlarining kamroq uçraşuvga kelişi, iloji bölsa umuman kelmasligi uqtirilib, bosimlar bölmoqda”, deydi Abdulloh Sodiq.