Turkiyada qamalgan özbekistonlik ozod qilindi
3-11-2025, 12:40
373 марта

Turkiyada qamalgan özbekistonlik ozod qilindi
Turkiyaning Sakarya viloyatidagi jazoni ijro etiş muassasasida saqlanib kelgan Özbekiston fuqarosi ozod qilindi. Bu haqda Özbekistonning Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi xabar berdi.Malum qilinişiça, konsulxona diplomatlari Turkiyada oğir hayotiy vaziyatga tuşib qolgan özbekistonliklarga zarur konsullik-huquqiy yordam körsatiş çoralari doirasida joriy yilning 16 oktyabr kuni Sakarya viloyatidagi jazoni ijro etiş muassasasiga taşrif buyurgan.
Taşrif davomida hibsda saqlanayotgan bir qator Özbekiston fuqarolari bilan konsullik uçraşuvlari ötkazilib, ularga zarur huquqiy maslahatlar berilgan hamda keyinçalik sud jarayonlarida ularni himoya qilayotgan advokatlar bilan ham alohida huquqiy maslahatlaşuvlar amalga oşirilgan.
Şuningdek, konsulxona giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlaşda gumonlanib, 2024 yildan buyon viloyatdagi jazoni ijro etiş muassasasida saqlanib kelgan Özbekiston fuqarosi joriy yilning 30 oktyabr kuni bölib ötgan navbatdagi sud majlisi qaroriga asosan sud zalidan ozodlikka çiqarilgani haqida ham malum qilgan.