Oliy talim vaziri sirtqi talim şakli nega töxtatilganiga izoh berdi
30-06-2025, 09:59
874 марта
Oliy talim vaziri sirtqi talim şakli nega töxtatilganiga izoh berdi Prezident qarori bilan endi sirtqi talim şakliga qabul amalga oşirilmasligi haqida xabar bergan edik. Oliy talim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov mazkur qarorning qabul qilinişi sababiga izoh berdi. Vazirning malum qilişiça, talim şaklidan voz keçilişi talim sifati yetarli taminlanmagani bilan boğliq.
"Biz bu yönalişda talim sifatini 100 foiz taminlab bera olmaymiz. Çunki bilamizki, talabalarning köpçiligi iş bilan band, vaqtida darsga kela olmaydi. Buni hammamiz körib turibmiz, yaşirişga hojat yöq" — deydi Şaripov.
Sirtqi talimning örniga masofaviy talim kiritilyapti. Mazkur yönalişda nazorat kuçliroq — talaba har kuni kompyuteridan darsga kirib, masofadan öqişi kerak böladi. Örniga boşqa odam kirsa yoki imtihonlarda qanaqadir şpargalkadan foydalanaman desa, uning kompyuteri avtomatik tarzda öçirib qöyiladi.
Avvalroq, Oliy talim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov sirtqida öqiydigan talabalarga hozirgi talim tizimi talabga javob bermasligini takidlagan edi