Jazirama kunlari “Tez yordam”ga qança bemor murojaat qildi?
7-07-2025, 14:03
282 марта
Jazirama kunlari “Tez yordam”ga qança bemor murojaat qildi?Odatda, yurtimizda yozning eng issiq kunlari “çilla” davriga töğri keladi. Xususan, bu yil ham iyul oyi jazirama bilan boşlandi.
Gidrometeorologiya xizmati malumotlariga köra, joriy yilning 2-5 iyul kunlari Özbekiston hududiga janubdan juda issiq ob-havo oqimlari kirib kelişi natijasida şu kunlari mamlakatimizda anomal issiq kuzatildi.
Xöş, ana şunday jazirama ob-havo şaroitida “103” xizmatiga qança çaqiriq kelib tuşdi?
Uşbu savolga Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurov javob berdi.
Odatda, yoz faslida yurtimizda mintaqamizga xos bölgan quruq issiq kuzatiladi, — deydi mutaxassis. — Ayniqsa, sönggi kunlarda dunyoning köplab mamlakatlarida bölgani kabi Özbekistonda ham yuqori harorat saqlanib qolmoqda.
Albatta, bunday paytda, eng avvalo, surunkali kasalligi bölgan, dispanser nazoratida turuvçi bemorlar, yoş bolalar, homilador ayollar va keksalar salomatligiga alohida etibor talab etiladi.
Şu bois, ular soğligini tibbiy nazoratga oliş, zarurat bölganda şoşilinç tibbiy yordam körsatiş lozim. Ayniqsa, issiq havoda surunkali xastaliklar xuruj qilişini etiborga olsak, “Tez yordam” xizmati xodimlari zimmasiga katta masuliyat yuklanadi.
Raqamlarga töxtalsak, ötgan haftada, yani anomal issiq kuzatilgan davrda respublika böyiça tez tibbiy yordam xizmatiga jami 247 ming 459 ta çaqiriq kelib tuşdi. Ularning 172 ming 676 tasini şoşilinç körsatma, 65 ming 163 tasini esa surunkali kasalliklar bilan boğliq murojaatlar taşkil etdi.
Şunisi etiborliki, tegişli masul taşkilotlar tomonidan ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarga anomal issiq havo şaroitida ehtiyot çoralarini köriş töğrisida berilgan tavsiyalar tufayli çaqiriqlar soni undan oldingi hafta (24-29 iyun)ga nisbatan 1,2 foizga kamaydi.
Şu örinda vazirlik zarurat bölmasa, aholidan jazirama payti taşqariga çiqmaslikni, tez-tez suyuqlik içiş, imkon qadar yoğli, dudlangan taomlar tanovul qilmaslik, aksinça, köproq meva va sabzavotlar istemol qilişni tavsiya etadi.