Özbekistonda sentyabrdan sertifikatsiz çet tili öqituvçilari işdan böşatilişi mumkin
12-07-2025, 19:41
370 марта
Özbekistonda sentyabrdan sertifikatsiz çet tili öqituvçilari işdan böşatilişi mumkin Mamlakatda 2025/26-öquv yilidan çet tilidan dars beradigan öqituvçilarda kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat bölişi şart. Bu talab hukumatning 2021-yil 19-maydagi qarorida belgilangan.
Qarorda yozilişiça, talab barça umumiy örta, örta maxsus va professional talim muassasalari uçun amal qiladi. Bunda faqatgina ingliz tili emas, balki barça xorijiy tillar qamrab olinadi (2-xorijiy til ustozlari mustasno).
Qarorga binoan mazkur tartib 2024-yildan joriy etilişi kerak edi. Lekin pedagoglar va jamoatçilik vakillari murojaatlari sababli qaror ijrosi bir yilga uzaytirilgan.
Maktabgaça va maktab talimi vazirligi yangi talab haqida pedagoglarga bir neça marta rasmiy eslatmalar bergan. Hududlarda tuşuntiriş işlari ham olib borilgan.