USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Jazirama kunlar boşlandi: Qanday tavsiyalarga amal qiliş lozim?

441 марта
Jazirama kunlar boşlandi: Qanday tavsiyalarga amal qiliş lozim?

“Özgidromet” malumotlariga köra, joriy yilning 17-19 iyul kunlari Özbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelişi kutilmoqda.

➖ Jumladan, 17 iyulda respublika şimolida, janubida va çöl hududlarida, 18-20 iyulda hududning katta qismida havo harorati 40-43 darajagaça, janubda va çöl hududlarda bazi joylarda 44-45 darajagaça kötariladi.

Xöş, bunday ob-havo şaroitida qanday tavsiyalarga amal qilişi lozim?

 — Jaziramada, eng avvalo, bolalar, keksalar, homilador ayollar va surunkali kasalliklardan aziyat çekayotgan bemorlar öz soğliğiga yanada etiborli bölişlari zarur, — deydi Soğliqni saqlaş vazirligining Ekologik diplomatiya bölimi boşliği Abduqayum Töxtaqulov. — Çunki bunday issiq havo tufayli organizmning termoregulyatsiya tizimiga yuklama tuşadi.

Bu esa mavjud surunkali kasalliklar zörayişi yoki issiqlik bilan boğliq xastaliklar, xususan, organizmning umumiy holsizlanişi va hayot uçun xavfli bölgan oftob urişiga sabab bölişi mumkin. 

 Jazirama, ayniqsa, yurak-qon tomir tizimiga salbiy tasir körsatadi. Bunday paytda insonning yurak urişi tezlaşib, qon bosimi kötariladi. Şuningdek, organizm haroratni meyorda saqlaş uçun köproq energiya sarflaydi. Oqibatda inson kuçli terlaydi. Bu esa tananing suvsizlaniş xavfini yanada oşiradi. Şu sababli issiq havoda bir qança ehtiyot çoralarini köriş tavsiya etiladi.

Avvalo, kunning eng issiq vaqti — soat 12:00 dan 16:00 gaça imkon qadar yopiq binolar yoki salqin joylarda böliş lozim. Bu vaqtda quyoş nurlari eng kuçli bölib, tananing qizib ketişi va oftob uriş xavfi yuqori böladi. Agar köçaga çiqiş zarurati tuğilsa, soya joylarda yuriş, soyabondan foydalaniş va faollikni kunning salqinroq paytlari — ertalab yoki keçqurunga rejalaştiriş maqsadga muvofiq.

Şuningdek, uy şaroitida salqinlikni taminlaş ham juda muhim. Masalan, kunduzi quyoş tuşadigan tomondagi derazalarni yopiq holda saqlaş, keçasi havo salqinlaganda derazalarni oçib, xonalarni şamollatiş, kunning eng issiq vaqtlarida peç, kir yuviş maşinasi, quritgiç kabi özidan issiqlik çiqaruvçi maişiy texnikalardan foydalanişni çeklaş kerak.

 Jaziramada töğri kiyim tanlaş ham muhim. Yengil, keng biçimli, havoni yaxşi ötkazadigan tabiiy matolardan (paxta, ipak) tikilgan liboslarni kiyiş tavsiya etiladi. Aksinça, sintetik kiyimlardan saqlaniş lozim. Imkon qadar oç rangli ust-boşlarni tanlaş maqsadga muvofiq. Çunki ular quyoş nurini yaxşiroq qaytaradi.

Köçaga çiqqanda keng soyabonli boş kiyim kiyiş va quyoşdan himoyalovçi közoynak taqiş şart. Boşni esa quyoş nuridan asraş zarur. Çunki boş miyaning qizib ketişi issiq urişiga olib kelişi mumkin.

Kun davomida tez-tez salqin duş yoki vanna qabul qiliş ham tana haroratini pasaytirişga yordam beradi. Ammo juda sovuq suvdan foydalanmaslik kerak. Sababi haroratning keskin özgarişi organizm uçun stress bölişi, hatto, pnevmoniyaga olib kelişi mumkin. Xona haroratidagi yoki biroz salqin suv eng maqbul variantdir.

Şuningdek, teriga, ayniqsa, boş va böyin sohalariga höl soçiq yoki latta qöyiş ham organizmni samarali sovitadi.

 Qolaversa, issiqda oğir jismoniy mehnat yoki sport bilan şuğullaniş suvsizlaniş, silla qurişi va oftob uriş xavfini sezilarli darajada oşiradi. Bunday şaroitda yurak-qon tomir tizimiga tuşadigan yuk ortadi, bu esa tayyorgarligi bölmagan odamlarda yurak xuruji yoki insult xavfini yuzaga keltiradi.

Imkon bölsa, sport bilan konditsionerli yopiq inşootlarda şuğullangan afzal. Maşğulot paytida organizmga quloq soliş, tez-tez dam oliş, yetarli miqdorda suyuqlik içiş zarur. Boş aylanişi, köngil aynişi yoki kuçli holsizlik kabi belgilar paydo bölsa, maşğulotni darhol töxtatiş kerak.

Surunkali xastaliklari (gipertoniya, yurak kasalliklari, semizlik) bor insonlar issiqda jismoniy faollik bilan şuğullanişdan oldin şifokor bilan maslahatlaşişlari lozim.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: