USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan ayol Özbekistonga qaytarildi

134 марта

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan ayol Özbekistonga qaytarildi

Rossiyaning Çelyabinsk viloyatiga işlaş uçun borib, moliyaviy jihatdan qiyin ahvolda qolgan özbekistonlik ayol Toşkentga olib kelindi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Çelyabinsk viloyatining Kiştim tumanida joylaşgan “Russkiye pryaniki” korxonasida vaqtinça işlaş uçun borgan S.A. Boş konsulxona diplomatlari bilan uçraşuv çoğida moddiy tomondan qiyin ahvolda qolgani sababli doimiy yaşaş manziliga yetib olişi uçun amaliy yordam söragan. Ötkazilgan suhbat davomida malum bölişiça, u joriy yilning may oyida taşkillaştirilgan tartibda mazkur korxonaga işga borgan. Uning Çelyabinsk viloyatiga yetib borguniga qadar yöl xarajatlari, yotoqxona va boşqa körinişdagi tölovlar iş beruvçi tomonidan amalga oşirilgan.

Ayol vaqtinça mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun ruxsat beruvçi patentni rasmiylaştiriş maqsadida uç marotaba imtihon topşirgan. Ammo rus tilini biliş darajasini beruvçi sertifikatni rasmiylaştira olmagani sababli Rossiyada noqonuniy huquqiy maqomda qolgan.
Özbekistonga qaytariş uçun u Yekaterinburg şahriga olib borilgan va vaqtinça boşpana bilan taminlangan. Şundan söng, “Ekaterinburg-Toşkent” aviareysi uçun çipta olib berilgan. S.A. 19 iyul kuni uşbu yönaliş böyiça doimiy yaşaş manziliga kuzatilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: