3 yildan buyon maktabga bormayotgan öquvçining noqonuniy diniy talim olayotgani aniqlandi
4-08-2025, 16:44
465 марта

3 yildan buyon maktabga bormayotgan öquvçining noqonuniy diniy talim olayotgani aniqlandi
Toşkent şahrida bolalarga noqonuniy diniy talim bergan yana bir şaxs aniqlanib, jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda DXX xabar berdi.Malum qilinişiça, Qaşqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yaşovçi, 1993 yilda tuğilgan şaxs Olmazor tumanining “Jiydali” MFYda vaqtinça istiqomat qilayotgan xonadonda 2025 yilning may oyidan buyon yoşlarning 15 nafariga noqonuniy diniy talim bergan va buning evaziga har biridan 150 dollardan pul olib keladi.
Aniqlanişiça, respublikaning turli hududlaridan kelgan, 2004—2014 yillar oraliğida tuğilgan bu “ilm izlovçilar”ning 11 nafari voyaga yetmagan bölib, ular orasida 3 yildan buyon maktabga bormayotgan öquvçi ham bor.
Xuddi şu mahallada ijaraga olingan yana bir xonadonda ham poytaxtning Mirzo Uluğbek tumanida yaşovçi, 1977 yilda tuğilgan şaxs joriy yilning iyun oyidan buyon 10 nafar bolaga noqonuniy diniy talim berib, evaziga har biridan 100 dollar hamda yegulik uçun oziq-ovqat mahsulotlarini talab qilgan.
Huquq tartibot organlari tomonidan xonadonda tekşiruvlar ötkazilişi ehtimolini hisobga olib, bolalarni yaşiriş uçun qölbola yertöla qurdirgan. Mazkur yertöla, yani “quduq” temir qopqoq bilan yopilib, toş va qum bilan berkitilgan. Bu bilan u bolalarning hayoti xavf ostiga qöyilgan.
Har ikki holat böyiça mahalla fuqarolar yiğinida sayyor sud ötkazilib, uşbu şaxslar Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 241-moddasi (diniy talimotdan saboq beriş tartibini buziş) asosida javobgarlikka tortildi. Uşbu moddaga köra, maxsus diniy malumoti bölmay turib va diniy taşkilot boşqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy talimotdan saboq beriş, xuddi, şuningdek, xususiy tartibda diniy talimotdan saboq beriş BHMning 5 baravaridan 10 baravarigaça miqdorda jarima solişga yoki 15 sutkagaça mamuriy qamoqqa olişga sabab böladi.
Yuqoridagi şaxslar noqonuniy diniy talim berişda maxsus gologrammaga ega bölmagan, norasmiy şaklda çop etilgan mavzuga oid adabiyotlar va turli qölyozmalardan foydalangani aniqlangan. Mazkur yönalişda Farğona viloyatida olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida diniy mazmundagi şunday materiallar noqonuniy ravişda tayyorlab kelingani foş bölgan.
Buvayda tumanida yaşovçi, 1991 yilda tuğilgan fuqaro yaşaş xonadoni va öziga tegişli umumiy ovqatlaniş şoxobçasida bosmaxona taşkil qilib, diniy mazmundagi kitoblarni çop etiş bilan şuğullangan. U mazkur kitoblarni Toşkent şahri, Toşkent va Samarqand viloyatlaridagi kitob dökonlariga yetkazib bergan.
Ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida kelgusida sotiş maqsadida tayyorlab qöyilgan 1210 dona kitob, 2000 dona yarim tayyor holatga keltirilgan bosma mahsuloti hamda 6 ta çop etiş dastgohlari aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olingan.
Uşbu şaxs 2024 yilning iyul oyida muqaddam diniy mazmundagi kitoblarni qonunga xilof ravişda çop etgani uçun jarimaga tortilgan bölsa-da, yana noqonuniy harakatlarini davom ettirgan.
Hozirda mazkur şaxsga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.