Şavkat Mirziyoyev maxsus tadbirda iştirok etdi
5-08-2025, 12:38
357 марта

Şavkat Mirziyoyev maxsus tadbirda iştirok etdi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 5 avgust kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinçi Maslahat uçraşuviga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş masalalariga bağişlangan maxsus tadbirda iştirok etdi.Tadbirda Turkman xalqining milliy yetakçisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Qirğiz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi - Prezident Administratsiyasi rahbari Adilbek Qasimaliyev, Ozarbayjon Respublikasi Boş vaziri Ali Asadov, şuningdek, rasmiy delegatsiyalar azolari va jamoatçilik vakillari qatnaşdi.

Kun tartibiga muvofiq, Toşkent şahrida bölajak Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uçraşuviga tayyorgarlikning asosiy jihatlari körib çiqildi.
Davlatimiz rahbari Özbekistonning uşbu formatdagi raisligi doirasida birgalikda amalga oşirilayotgan işlar töğrisida malumot berdi. Xususan, yil boşida Raislik kontseptsiyasi va Qöşma tadbirlar rejasi qabul qilindi.
Xavfsizlik kengaşlari kotiblari, maxsus xizmatlar rahbarlari, sanoat, energetika, suv xöjaligi va ekologiya vazirlarining uçraşuvlari, media va yoşlar forumlari ötkazildi.
Yil yakuniga qadar parlamentlararo forum, mudofaa, savdo va transport vazirlarining uçraşuvlari, madaniy-gumanitar tadbirlar ötkazilişi rejalaştirilgan.
Mintaqaviy şeriklikning yangi kun tartibini şakllantiriş va uning normativ-huquqiy asoslarini mustahkamlaş maqsadida uçraşuvning kontseptual hujjatlari tayyorlanmoqda.

Toşkent sammiti doirasida Özbekiston tomoni siyosiy muloqotni çuqurlaştiriş, iqtisodiy kooperatsiyaning yangi drayverlarini işga tuşiriş, çegaraoldi savdoni köpaytiriş böyiça qator taşabbuslarni ilgari suriş niyatida ekani takidlandi. Suv va energetika sohalarida, transport jihatidan özaro boğliqlikni kengaytiriş hamda iqlim özgarişi böyiça amaliy hamkorlik masalalari diqqat markazida böladi.
Ozarbayjon tomonining uçraşuvlarda iştirok etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bugungi kunda mintaqa davlatlari Ozarbayjon bilan samarali hamkorlik qilmoqda. Savdo, transport, «yaşil» energetika sohalarida qöşma loyihalar amalga oşirilmoqda.
Özbekiston Prezidenti sözining yakunida Markaziy Osiyo mamlakatlarining özaro muvofiqlaştirilgan va kelişilgan yondaşuvlari mintaqada taraqqiyot va farovonlik maqsadlariga erişişga xizmat qilişiga işonç bildirdi.