USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston prezidenti Turkmaniston ordeni bilan mukofotlandi

396 марта
Özbekiston prezidenti Turkmaniston ordeni bilan mukofotlandi

Şavkat Mirziyoyevga Turkmanistonning "Hamkorlikni rivojlantirişga qöşgan hissasi uçun" ordeni topşirildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
BMTning Dengizga çiqiş imkoni bölmagan rivojlanayotgan mamlakatlar böyiça uçinçi konferentsiyasi doirasida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga Turkmanistonning "Hamkorlikni rivojlantirişga qöşgan hissasi uçun" ordenini tantanali topşiriş marosimi bölib ötdi.


Davlat rahbari Turkman xalqining milliy yetakçisi, Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va qardoş turkman xalqiga yuksak davlat mukofoti uçun minnatdorlik bildirdi.

- Uşbu mukofotni Özbekiston va uning köp millatli xalqiga alohida etibor va hurmat, Markaziy Osiyo mintaqasida döstlik, yaxşi qöşniçilik, özaro işonç va şeriklik munosabatlarini mustahkamlaş borasidagi umumiy say-harakatlarimizning etirofi sifatida qabul qilaman, - dedi davlat rahbari.
Boy tarixiy tajriba, qardoşlik va özaro hurmat ananalariga asoslangan Özbekiston-Turkmaniston strategik şeriklik munosabatlarida yuksak darajaga erişilgani qayd etildi.

Keyingi yillarda muhim iqtisodiy va gumanitar loyihalar amalga oşirildi, özaro savdo hajmi va kooperatsiya kölami keskin oşdi.
Özbekiston yetakçisi Arqadağ va mintaqaning barça davlatlari rahbarlari Markaziy Osiyoda hamkorlikni ilgari surişga ulkan hissa qöşayotganini alohida qayd etdi. Bugun butun xalqaro hamjamiyat mintaqaviy şeriklik va özlikning yangi modelini barpo etişdagi umumiy muvaffaqiyatlarimizni etirof etayotgani takidlandi.

Sözining yakunida davlat rahbari yuksak mukofot uçun yana bir bor minnatdorlik bildirib, qardoş turkman xalqini şu kunlarda ötayotgan BMT konferentsiyasi bilan tabrikladi hamda joriy yil dekabr oyida Aşxobod şahrida Xalqaro tinçlik va işonç yili doirasidagi global sammit muvaffaqiyatli ötişini tiladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: