USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Birlaşgan Millatlar Taşkilotining dengizga çiqiş yöliga ega bölmagan rivojlanayotgan mamlakatlar böyiça uçinçi konferentsiyasidagi nutqi

193 марта
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Birlaşgan Millatlar Taşkilotining dengizga çiqiş yöliga ega bölmagan rivojlanayotgan mamlakatlar böyiça uçinçi konferentsiyasidagi nutqi 

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!

Avvalambor, Turkmaniston Prezidenti hurmatli Serdar Gurbanguliyeviç Berdimuhamedovga va Turkmaniston xalqining Milliy yetakçisi, Xalq Maslahati Raisi hurmatli Gurbanguli Myalikguliyeviç Berdimuhamedovga samimiy qabul va bugungi konferentsiyani yuksak darajada taşkil etganlari uçun çin qalbimdan minnatdorlik izhor etaman.
Uşbu forumning Turkmaniston taşabbusi bilan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti tomonidan elon qilingan Xalqaro tinçlik va işonç yilida, Kaspiy möjizasi – gözal Avazada ötkazilayotgani ramziy manoga ega.
Özbekiston qardoş Turkmanistonning Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişiş, global va mintaqaviy barqarorlik hamda farovonlikni taminlaşga qaratilgan say-harakatlarini yuqori baholaydi va qatiy qöllab-quvvatlaydi.
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş kotibi Antoniu Guterriş janoblariga dengizga çiqiş yöliga ega bölmagan mamlakatlarning muammolarini ustuvor xalqaro masala sifatida ilgari surişga şaxsan etibor körsatib kelayotgani uçun alohida taşakkur bildiraman.
Biz Avaza siyosiy deklaratsiyasini töliq qöllab-quvvatlaymiz va ön yillik Harakatlar dasturini amalga oşirişda faol iştirok etamiz.

Hurmatli anjuman iştirokçilari!

Bugungi konferentsiyada muhokama qilinayotgan masalalar barçamiz uçun hayotiy muhim ahamiyatga egadir.

Takidlaş kerakki, mamlakatimiz dengiz kommunikatsiyalariga faqat bir neça davlatlar hududi orqali çiqişi mumkin. Biz uçun deyarli uç ming kilometr masofada joylaşgan portlardan geografik olislik bir qator obektiv muammolarni vujudga keltirmoqda. Bular – yuqori tariflar, transport yölaklari va infratuzilmalarning ötkaziş imkoniyati çeklangani, şuningdek, boşqa davlatlarning bojxona-tranzit siyosatiga boğliqlikda namoyon bölmoqda.
Jahon banki malumotlariga köra, transport xarajatlarining kattaligi va tranzit tizimining beqarorligi tufayli Markaziy Osiyo mintaqasi har yili yalpi içki mahsulotning ikki foizigaça yöqotmoqda. Logistika xarajatlari mahsulotlar umumiy narxida 60 foizgaça yetmoqda. Bu raqam jahondagi örtaça körsatkiçlardan bir neça barobar yuqoridir.
Şu bois işonçli yangi tranzit yölaklari va logistika infratuzilmasini rivojlantiriş Markaziy Osiyoda barqaror taraqqiyotning muhim omiliga aylanmoqda.
Bugun bizni birlaştirgan kun tartibi fundamental masala – adolat masalasiga daxldordir. Bu – dengizga çiqiş yöliga ega bölmagan davlatlarga jahon iqtisodiyotida teng şaroitlarda iştirok etiş imkoniyatini taminlaşdir.
Bu öta dolzarb vazifani hal etiş uçun uçta printsipial şartni bajariş lozim. Bular – barqaror rivojlaniş asosi sifatida infratuzilmani modernizatsiya qiliş, tranzit muammolarini bartaraf etiş maqsadida özaro boğliqlikni kuçaytiriş, global teng huquqlilikning muhim elementi bölgan rivojlaniş huquqini taminlaşdir.
Şu maqsadda Özbekistonda sönggi yillarda, xususiy sektorni faol jalb etgan holda, zamonaviy transport-logistika tarmoqlarini barpo etiş böyiça tizimli qadamlar taşlanganini alohida takidlamoqçiman.
Mamlakatimiz logistika oçiqligi va şaffofligi masalalarida yuqori dinamika körsatmoqda. Savdo-transport jarayonlarini raqamlaştiriş borasida kompleks çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Iqtisodiyotda tuzilmaviy islohotlar, savdo tizimi liberallaşgani va investitsiya muhiti tubdan yaxşilangani salmoqli natijalar bermoqda. Raqobatdoşlik oşdi, innovatsion taraqqiyot tezlaşdi.
Markaziy Osiyoda özaro işonç va şeriklik yangi darajaga kötarilgani esa jadal özgarişlarga kuçli turtki bermoqda.
Hozirgi kunda mintaqamizda yagona transport-logistika makoni şakllanmoqda. Markaziy Osiyoni Şarq va Ğarb, Şimol va Janubi örtasidagi tölaqonli tranzit xabiga aylantiriş uçun dastur va loyihalar amalga oşirilmoqda.
Sönggi yillarda özaro savdo hajmi 4,5 marta, sarmoyalar esa ikki barobar ösdi. Qöşma korxonalar soni beş karra köpaydi.
Joriy yilda hamkorlarimiz bilan birga Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston temir yöli qurilişiga kirişdik. Özbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya transport yölagida yuk taşiş hajmi sezilarli darajada ösdi.
Hurmatli konferentsiya qatnaşçilari!
Bugun umumiy tahdid va muammolarni yengib ötiş böyiça aniq, amaliy va institutsional jihatdan taminlangan qarorlar öta muhimdir.
Şu munosabat bilan Özbekiston quyidagilarni taklif etadi.
Birinçidan, xalqaro transport yölaklari va infratuzilmasini jadal rivojlantiriş uçun muvofiqlaştirilgan harakatlar zarur.
Biz Özbekiston – Afğoniston – Pokiston temir yölini quriş loyihasini tayyorlaş va amalga oşirişni tezlaştiriş tarafdorimiz. Uşbu istiqbolli yölakni qurilayotgan Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston temir yöl magistrali bilan boğlaş keng mintaqamizda yangi savdo-iqtisodiy makon va barqaror transport infratuzilmasini şakllantiriş uçun katta imkoniyatlar oçadi.
Biz, şuningdek, Örta yölakni rivojlantirişga ustuvor ahamiyat qaratamiz. Uni töliq işga tuşiriş uçun, birinçi navbatda, kelişilgan tranzit siyosati, tartibotlarni soddalaştiriş va konteynerlarda yuk taşiş uçun maqbul tariflarni joriy etiş muhimdir.
Ikkinçidan, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti şafeligida dengizga çiqiş yöliga ega bölmagan mamlakatlar uçun Tranzit kafolatlari töğrisidagi global bitimni işlab çiqişni taklif etamiz.
Bunday mexanizm portlar va kommunikatsiyalardan adolatli foydalaniş şartlarini taminlaydi, yuk taşişda xavf-xatarlarni pasaytiradi, global logistikada tengsizlikni kamaytirişga xizmat qiladi.
Uçinçidan, yirik infratuzilma loyihalarini moliyalaştiriş uçun moslaşuvçan investitsiya vositalariga talab tobora ösib bormoqda.
Markaziy Osiyo mamlakatlarining transport infratuzilmasini rivojlantiriş uçun zarur bölgan sarmoyalar yiliga qariyb 40 milliard dollar, deb baholanmoqda.
Şu munosabat bilan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti şafeligida Dengizga çiqiş yöliga ega bölmagan mamlakatlarning logistika integratsiyasiga kömaklaşiş jamğarmasini tasis etişni taklif etamiz. Uşbu jamğarmaga donor mamlakatlar, xalqaro rivojlaniş institutlari va global dasturlar resurslarini keng jalb etiş maqsadga muvofiq.
Törtinçidan, dengizga çiqiş yöliga ega bölmagan mamlakatlarning Zaiflik global indeksini işlab çiqiş taşabbusini ilgari suramiz.
Bu mamlakatlarimizning tranzit borasida çeklangan imkoniyatlarini xolis körib çiqiş va mavjud şaroitlardan kelib çiqib, xalqaro moliyaviy-texnik dasturlarni kengaytiriş va resurslarni samarali taqsimlaşning tasirçan vositasiga aylanadi.
Eng asosiysi – uşbu indeks mamlakatlarimizning raqobatbardoşligi va işbilarmonlik muhitini adolatli baholaşda hisobga olinişi kerak.
Beşinçidan, Özbekistonda agrotarmoqni rivojlantiriş uçun Innovatsion xabni yaratiş böyiça taklifimizni amalga oşiriş printsipial ahamiyatga ega, deb hisoblaymiz.
Mazkur xab moslaşuvçan agrotexnologiyalarni tatbiq etiş, suvni tejaş va oziq-ovqat xavfsizligini taminlaşga oid innovatsion loyihalarni ilgari suriş, özaro bilim va tajriba almaşişga xizmat qiladi.
Oltinçidan, umumiy tahdidlarni birgalikda bartaraf etiş böyiça aniq takliflar işlab çiqişga mamlakatlarimiz yetakçi ekspertlari va “aql markazlari”ni faol jalb etiş muhim.
Bu borada xalqaro anjuman va davra suhbatlari ötkazişni taklif qilamiz. Bunday tadbirlar kun tartibiga global işlab çiqariş zanjirlariga mamlakatlarimizning çuqur integratsiyasini taminlaş, suniy intellekt va raqamli texnologiyalarni jadal rivojlantiriş, transçegaraviy investitsiyalarni kengaytiriş va startaplarni qöllab-quvvatlaş masalalarini kiritiş mumkin.

Özbekiston, şuningdek, dengizga çiqiş yöliga ega bölmagan mamlakatlar uçun Xalqaro tahlil markazi faoliyatiga qöşiliş niyatida.

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!

Global bozorlarga çiqiş barça uçun teng bölişi kerak. Bu – nafaqat iqtisodiy zarurat, balki birinçi galda, barqaror rivojlanişning muhim omili, xalqaro munosabatlarda işonç va hamkorlik şartidir.
Özbekiston global taraqqiyotning yanada adolatli arxitekturasini şakllantiriş borasida konstruktiv va uzoq muddatli şeriklikka doim oçiq va tayyor ekanini sizlarga yana bir bor bildirmoqçiman.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: