Özbekiston AES qurilişida belaruslar ham iştirok etişi mumkin
6-08-2025, 18:09
162 марта

Özbekiston AES qurilişida belaruslar ham iştirok etişi mumkin
5 avgust, seşanba kuni «Özatom» delegatsiyasi Belarus Respublikasi energetika vaziri Denis Moroz bilan uçraşuv ötkazdi.Suhbat çoğida tomonlar atom energetikasi sohasidagi hamkorlikning ustuvor yönalişlarini muhokama qildi.
Jumladan, AESni energetika tizimiga integratsiya qiliş, jismoniy muhofaza tizimini yaratiş, işlatilgan yadro yoqilğisi va radioaktiv çiqindilar bilan işlaş hamda loyihalarni amalga oşirişda jamoatçilik bilan muloqot qiliş masalalari yuzasidan tajriba almaşildi.
Özbekiston tomoni AES quriş loyihasi yuzasidan amalga oşirilayotgan işlar haqida malumot berdi. Belarus tomoni esa AES qurilişida zarur infratuzilmani qanday taşkil etgani, vahta şaharçasini barpo etiş, stantsiya xodimlari uçun maxsus şahar quriş va işlab çiqarişni mahalliylaştiriş böyiça tajribalari bilan örtoqlaşdi.
«Biz Belarus tajribasini imkoniyatdan kelib çiqib maksimal darajada örganmoqdamiz. Belarus kompaniyalari loyihada faol iştirok etayotgani, işlab çiqarişni mahalliylaştiriş, milliy sanoat korxonalari bilan kooperatsiyani yölga qöyiş kabi jihatlar bizni juda qiziqtiradi. Bu tajriba Özbekistonda atom energetikasini qöllab-quvvatlovçi sanoat bazasini şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etadi», – dedi «Özatom» agentligi direktori Azim Ahmadxojayev,
Belarus Respublikasi energetika vazirining takidlaşiça, Belarusda 2023 yilda quvvati 2400 megavatt bölgan birinçi AES faoliyati boşlangan. Mamlakatda istemol qilinayotgan elektr energiyasining taxminan 40 foizi şu stantsiya hissasiga töğri keladi. Uşbu loyihada özini namoyon etgan belarus kompaniyalari hozirda «Rosatom»ning xalqaro loyihalarida ham faol iştirok etmoqda.
«Işonçim komilki, Belarus mutaxassislari Özbekistondagi AES qurilişida ham iştirok etişlari mumkin», — deydi Belarus Respublikasi energetika vaziri Denis Moroz.
Delegatsiya «Belenergo» Davlat işlab çiqariş birlaşmasining markaziy dispetçerlik xizmati faoliyati bilan ham tanişdi. Uşbu markaz Belarusdagi barça elektr stantsiyalari, podstantsiyalar va energetik tizimlarning faoliyatini doimiy nazorat ostida uşlab turadi.
Taşrif doirasida Belarus AESi, BelAES öquv-maşğulot markaziga taşrif, ikki tomonlama muzokaralar va amaliy maslahatlaşuvlar ötkazilişi közda tutilgan.