Tekin tonirovkalar bekor bölişi mumkin
7-08-2025, 18:37
2 315 марта
Tekin tonirovkalar bekor bölişi mumkinPrezidentning 2022 yil 28 iyundagi PQ–298-son qaroriga köra, avtomobillarning orqa va yon oynalarini qoraytiriş (tonirovka) tekin qilingan edi.
Regulation.gov.uz saytida joylaştirilgan Vazirlar Mahkamasining loyihasiga köra, avtotransport vositalarining orqa va old yon oynalari tusinini özgartiriş uçun beriladigan ruxsatnomalarga tegişli qöşimça şartlar va muddatlar joriy etiş rejalaştirilmoqda.
Boşqaça aytganda, tölovli tonirovka qaytadan har yilgi ruxsatnoma tizimiga ötkazilişi mumkinligi aytilmoqda.
Keltirilişiça, M1 toifadagi transport vositalarining orqa va yon oynalari tusinini özgartiriş uçun 1 maydan 31 avgustgaça qisqa muddatli ruxsatnomalar beriladi.
Qaror loyihasida yon oyna degan söz ham imi-jimida qöşib ketilgan. Bu esa 3 yil oldin Prezident tomonidan tekin qilingan yon oynalar "tonirovka"sini qayta pullik qilişni anglatadi.
Serquyoş Özbekistonda quyoşdan tekin himoyalaniş kimlargadir orom bermayotgani qaror loyihasida yaqqol sezilmoqda.