48 yoşli mahalla raisi 17 yoşli qizga mahalla binosida şilqimlik qildi

48 yoşli mahalla raisi 17 yoşli qizga mahalla binosida şilqimlik qildi
Marğilon şahridagi mahallalardan birining raisi bölgan erkak qizga böyi ösmay qolayotganini aytib, maşq örgatiş bahonasida şilqimlik qilgan. U qizning belidan uşlab, yuzidan öpmoqçi bölgan.Marğilon şahrida yoş qizga şahvoniy şilqimlik qilgan mahalla raisi mamuriy qamoq jazosiga tortildi.
Kun.uz tanişgan sud qarorida keltirilişiça, 1977 yilda tuğilgan I.R. Marğilon şahridagi “Xöja porso” MFY raisi lavozimida işlab kelgan. U 2025 yil 7 iyun kuni soat 14:00 da MFY binosida 2007 yilda tuğilgan M.M.ga şilqimlik qilgan. Rais qizga uning böyi pastligi va böyni bukilib qolayotganini aytib, xohişiga zid ravişda maşq qildiriş bahonasida belidan uşlagan. Söngra ikki qölini yelkasiga qöydirgan holda oyoqlarini osiltirib, yuzidan öpmoqçi bölgan.
I.R. sudda özining huquqbuzarlik harakatlariga qisman iqror bölgan va qizning soğligidan qayğurganini bildirgan.
“2025 yil may oyidan buyon mahalla raisi lavozimida işlab kelaman. M.M. kompyuter xizmati bilan boğliq işlarda kömaklaşişi uçun işga qabul qilingan. U asosan kun davomida kompyuter oldida ötirib işlagani, qolaversa, böyi pastligi sababli uning soğliği haqida qayğurib, unga turli jismoniy maşqlarni örgatmoqçi böldim. M.M. qarşilik qilmadi.
2025 yil 7 iyun kuni M.M. beli va böyni oğriyotganidan şikoyat qilgani uçun xizmat xonasida unga jismoniy maşq qilişni örgatdim. Xususan uning qölini yelkasiga qöydirgan holda oyoqlarini osiltirib, özimni ortga taşlab, maşq qildirdim. U maşq yoqqanini aytdi.
2025 yil 22 iyun kuni uning onasi telefon qilib, qiziga tegajoğlik qilganlikda aybladi. Aslida M.M.ga öşa kuni, undan boşqa kunlari ham şilqimlik qilmaganman, uning qöli va belidan boşqa azosiga teginmaganman”, degan rais öz körsatmasida.
Jabrlanuvçi M.M. esa mahalla raisi özini mehribon qilib körsatib, turli jismoniy maşqlarni qilişga örgatmoqçi bölganini aytgan.
“Qarşilik qilgan bölsam-da, aldab belimdan uşladi va ortga egilişga majbur qilgan holda maşq qildirdi. Uşbu maşq yoqmaganini aytsam ham rais foydasi tegişini aytib, 5-6 marta takrorladi. Bu orada uning xonasiga qoğoz oliş uçun kirganimda “yuzingda xoling bor ekan, şu yeringdan öpaymi?” deb tegajoğlik qildi. Uning harakatlaridan uyalib, köçaga çiqib ketdim”, degan qiz sudda.
Sud qarori bilan mahalla raisi Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41−1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan (şahvoniy şilqimlik) huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topildi. Unga 4 sutka mamuriy qamoq jazosi tayinlandi.