USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston AQŞdan paxta sotib olmoqçi. Nega?

248 марта

Özbekiston AQŞdan paxta sotib olmoqçi. Nega?

Ananaviy paxta eksportçisi bölib kelgan Özbekiston özining yirik işlab çiqariş hajmlariga qaramay, AQŞdan paxta xarid qilişni rejalaştirmoqda. Bundan Özbekiston töqimaçilik mahsulotlarining jahonning premium bozorlaridagi mavqeini mustahkamlaş közlangan. Bu haqda Özbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Taşqi savdo departamenti rahbari Inomjon Abdurahmonov malum qildi.

Uning aytişiça, Özbekiston töqimaçilik sanoati AQŞ va Yevropa Ittifoqining premium bozorlarida öz örnini mustahkamlaşi lozim. Bu bozorlarda yuqori sifat standartlari, xomaşyoning kelib çiqişini kuzatiş imkoniyati (traceability) va işlab çiqarişning ekologik barqarorligi muhim ahamiyatga ega. Bunday global brendlar talablariga mos keliş uçun faqat içki imkoniyatlar yetarli bölmasligi mumkin. Şu sababli maxsus navli paxtani import qiliş zarurati yuzaga kelgan.

“Import – mahalliy işlab çiqariş örnini bosiş uçun emas, balki qöşimça imkoniyatlar oçiş uçun”, deydi vazirlik vakili.

Inomjon Abdurahmonovning malum qilişiça, import heç qaçon mahalliy xomaşyoni almaştiriş uçun möljallanmagan. Aksinça, u faqat aniq buyurtmalarni bajariş uçun kerak böladigan joylarda uni töldiradi. Özbekiston har yili 1-1,15 million tonna paxta tolasi işlab çiqaradi va bu hajmning barçasi allaqaçon mahalliy fabrikalarda qayta işlanadi. Boşqaça aytganda, mahalliy paxta töliq içki ehtiyoj uçun işlatilmoqda.

“Import qilinadigan paxta faqat yuqori sifat va sertifikatlaşning xalqaro standartlari talab qilinadigan işlab çiqariş liniyalari va şartnomalarga yönaltiriladi. Şunday qilib, taşqi bozordan paxta xaridi mahalliy fermerlarga raqobat tuğdirmaydi (ularning mahsuloti allaqaçon töliq istemol qilinmoqda), balki sifatning yangi bosqiçiga çiqiş uçun maqsadli vosita bölib xizmat qiladi”, deydi Taşqi savdo departamenti rahbari.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: