Intim suratlarni tarqatmaslik uçun ayoldan pul talab qilgan 2 erkak uşlandi
15-08-2025, 12:50
692 марта

Intim suratlarni tarqatmaslik uçun ayoldan pul talab qilgan 2 erkak uşlandi
Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida işqiy munosabatlarini oşkor qiliş bilan qörqitib, ayol kişidan 100 mln söm pul talab qilgan 2 nafar erkak qölga olindi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi xabar berdi.Qayd etilişiça, Qorovulbozor tumanining “Tinçlik” mahallasida yaşovçi 1985 yilda tuğilgan fuqaro tumanning “Çölquvar” mahallasida yaşovçi şerigi bilan oldindan jinoiy til biriktirgan. Ular tovlamaçilik yöli bilan özganing mol-mulkini talon-toroj qiliş maqsadida 2024-2025 yillar davomida birga işqiy munosabatga kirişgan ayolning holatini unga bildirmagan holda foto va videotasvirga olgan.
Şundan söng, ular ayoldan uşbu holat haqida uning oila azolari, qarindoş-uruğlari, işxonasi, tegişli huquq-tartibot organlari va boşqa mutasaddi taşkilotlarga murojaat qilişi, jabrlanuvçi uçun sir saqlanişi lozim bölgan malumotlarni oşkor qiliş, uni şarmanda qiladigan uydirmalar tarqatiş bilan qörqitib, 100 million söm talab qilgan.
Joriy yilning 9 avgust kuni Buxoro viloyati Içki işlar boşqarmasi hamda Qorovulbozor tumani Içki işlar bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida uşbu şaxslar oldindan kelişilgan puldan 40 million sömini bönak sifatida olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamaçilik) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.