USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Endi prokuror har kuni işini mahallada boşlab, mahallada yakunlaydi

126 марта

Endi prokuror har kuni işini mahallada boşlab, mahallada yakunlaydi

Özbekistondagi tuman (şahar) içki işlar organi boşliği va prokurorning xizmat xonasi 2025 yil yakunigaça bevosita mahallada taşkil etilib, ularning kundalik işi boşlanişi va yakuni aynan öşa yerda amalga oşiriladi. Bu “Kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda jinoyatlarning oldini oliş böyiça manzilli çoralar” kontseptsiyasiida belgilangan. 
Mahallalarda alohida taşkiliy-profilaktik tadbirlar hamda manzilli çoralar bilan ilmiy-amaliy yondaşuvlarni uyğunlaştirgan holda kriminogen vaziyatni barqarorlaştiriş va xavfsiz muhitni yaratiş kontseptsiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Kontseptsiyaga köra, mahallalarda bosqiçma-bosqiç mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati yölga qöyiladi. Ijtimoiy profilaktika obektlari, ayniqsa, oila-turmuş doirasida huquqbuzarliklar sodir etuvçi şaxslarning (janjalkaş va nizoli oilalar) holidan majburiy ravişda kamida har 3 kunda xabar oliş amaliyoti yölga qöyiladi.
Şuningdek, mahallalarda jinoyatçilikning oldini oliş borasida “mahalla yettiligi” tomonidan fuqarolar örtasida tarğibot-taşviqot işlarini olib boruvçi “mahalla tarğibotçisi” jamoatçilik guruhlari taşkil etiladi. Mahalladagi jamoat joylari, köp qavatli turarjoy va uylar oldida “taşviş” tugmalari örnatiladi.

Qayd etiş joiz, uşbu kontseptsiya 18 avgust kuni qabul qilingan “Özbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga mahallalarda jinoyatçilikning barvaqt oldini oliş tizimi natijadorligini yanada oşirişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Prezident qarori bilan tasdiqlangan. 
Quyidagilar uşbu qarorni qabul qilişdan közlangan asosiy maqsadlar etib belgilangan:
  • kriminogen vaziyati murakkab mahallalarni suniy intellektda işlovçi maxsus dasturiy taminotga integratsiya qilingan zamonaviy kuzatuv kameralari bilan töliq qamrab oliş;
  • joriy yil yakuniga qadar jismoniy şaxslar mol-mulkini texnik qöriqlaş qamrovini 30 foizga, yuridik şaxslar mol-mulkini qöriqlaş qamrovini esa 60 foizga yetkaziş.
Şuningdek, içki işlar organlarida yuqori malakali kadrlar zaxirasini şakllantiriş maqsadida Içki işlar vazirligi Akademiyasida masofaviy talim şakli joriy etiladi hamda bakalavriat dasturi böyiça qabul kvotalari bosqiçma-bosqiç oşirib boriladi.
Qaror bilan “Kriminogen vaziyati murakkab va oğir mahallalarda “namunali xavfsiz köça”va “namunali xavfsiz uy” taşkil etiş” böyiça namunaviy talablar tasdiqlandi. “Namunali xavfsiz köça” va “namunali xavfsiz uy”taşkil etişga oid infratuzilmaviy talablar quyidagilar:
  • tungi vaqtda köçaning aholi istiqomat qiladigan va harakatlanadigan qismi töliq yoritilişi;
  • berk köçalar, içki yölaklar va aholi kam yuradigan, jinoyat sodir etilişi ehtimoli bölgan qoronğu hududlarning qisman yoritilişi; 
  • transport vositalari uçun avtoturargohlarning texnik kuzatuv talablariga javob berişi;
  • köçalarda noqonuniy (yoyma) savdo rastalari faoliyati tartibga solinişi;
  • qarovsiz yertöla, çordoq va çiqindixonalar mavjud bölmasligi.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: