Şavkat Mirziyoyev amaliy taşrif bilan Turkmanistonga jönab ketdi
22-08-2025, 08:46
288 марта
Şavkat Mirziyoyev amaliy taşrif bilan Turkmanistonga jönab ketdiÖzbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkman xalqi maslaxati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 22-avgust kuni amaliy taşrif bilan Turkmanistonga jönab ketdi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Davlat rahbari “Avaza” milliy turizm zonasida bölib ötadigan “Ozarbayjon — Turkmaniston — Özbekiston” formatidagi sammit tadbirlarida iştirok etadi. Tadbir kun tartibiga muvofiq, köp tomonlama hamkorlikni, avvalo savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika va gumanitar sohalarda rivojlantiriş masalalari körib çiqiladi. Şuningdek, qator qöşma hujjatlar imzolanişi közda tutilgan.
Şavkat Mirziyoyev sammit doirasida ikki tomonlama muzokaralar ham ötkazadi.
Eslatib ötamiz, joriy yil 5-avgust kuni Turkmanistonda BMTning dengizga çiqiş imkoni bölmagan rivojlanayotgan mamlakatlar böyiça 3-konferentsiyasi ötkazilgan edi. Anjuman doirasida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Turkman xalqi maslaxati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Ozarbayjon boş vaziri Ali Asadov uç tomonlama uçraşuv ötkazgan. Unda mintaqaviy hamkorlikni kengaytiriş va qöşma loyihalarni ilgari suriş masalalari muhokama qilingan.