Prezident: har bir yutuq va natija, avvalo, inson qadrini uluğlaş, uning huquq va manfaatlarini taminlaşga xizmat qilmoqda
27-08-2025, 15:09
202 марта
Prezident: har bir yutuq va natija, avvalo, inson qadrini uluğlaş, uning huquq va manfaatlarini taminlaşga xizmat qilmoqdaPrezident Şavkat Mirziyoyevning farmonlariga muvofiq, Özbekiston Respublikasi mustaqilligining öttiz tört yilligi munosabati bilan turli sohalar vakillari faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlangan edi.
Toşkent şahrida 27 avgust kuni uşbu mukofotlarni topşiriş marosimi böldi.
Davlatimiz rahbari barçani, avvalo, Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi. Mamlakatimizda erişilayotgan natijalarning asosi, say-harakatlarning mohiyati haqida alohida töxtaldi.
– Yangi Özbekistonda ortga qaytmas tus olgan islohotlarimiz qanday ulkan natijalar berayotganini barçamiz körib turibmiz. Ötgan sakkiz yilda yalpi içki mahsulotimiz şiddat bilan ösib, 115 milliard dollarga yetdi. Bugun bitta raqamni birinçi marta aytmoqçiman: Xalqaro valyuta jamğarmasi prognoziga köra, bu yil iqtisodiyotimiz hajmi 130 milliard dollardan oşişi kutilmoqda. Yani, ilgari bunday ösiş, bunday yuksak etirof heç qaçon bölmagan, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Bunday natijalarga tadbirkorlik keng qöllab-quvvatlanayotgani, zamonaviy sanoat majmualari barpo etilayotgani, “yaşil” va innovatsion iqtisodiyotga ötilib, muqobil energiya manbalari yaratilayotgani, axborot texnologiyalari, turizm va moliyaviy texnologiyalar kabi xizmat körsatiş tarmoqlari rivojlantirilayotgani zamin bölmoqda.
Yurtimizda zamonaviy şaharlar qad kötarmoqda, qişloq va mahallalar obod bölmoqda. Ötgan sakkiz yilda aholi uçun 500 mingdan ziyod köp qavatli uy-joylar barpo etildi. Bu mustaqillikning dastlabki 25 yiliga nisbatan tört karra köp. Mahalla infratuzilmasini yaxşilaş, qişloqlarni, yöllarni obod qiliş uçun 60 trillion söm mablağ sarflandi. Yoki, 155 milliard dollar sarmoya hisobiga 100 mingdan ortiq investitsiya loyihalari işga tuşirildi, 7 milliondan ziyod aholi daromadli böldi.
– Bunday ulkan tarixiy yutuqlarimiz – öz vaqtida çuqur öylab olib borgan keng kölamli islohotlarimiz, eng muhimi, odamlarimizning tafakkuri, dunyoqaraşi özgargani samarasi, desak, ayni haqiqatni aytgan bölamiz. Qurayotgan binolarimiz, zamonaviy majmualar, qulay uy-joylar, maktab va boğçalar, tibbiyot, madaniyat va sport maskanlari misolida Yangi Özbekistonning iqtisodiy qudrati va ulkan bunyodkorlik salohiyati yaqqol namoyon bölmoqda. Asosiysi, qaysi sohada bölmasin, har bir yutuq va natija, avvalo, inson qadrini uluğlaş, uning huquq va manfaatlarini taminlaşga xizmat qilmoqda, – dedi davlatimiz rahbari.
Sönggi sakkiz yilda ijtimoiy infratuzilmaga oldingi yillarga nisbatan olti karra köp mablağ yönaltirildi. Natijada boğça örinlari 720 mingdan 2,5 millionga yetkazildi. 466 ta yangi maktab qurilib, 1 millionga yaqin öquvçi örni yaratildi. Talabalar soni 279 mingdan 1,5 million nafarga oşirilib, oliy talimda qamrov 40 foizga olib çiqildi.
Ötgan haftada Tadbirkorlar kuni munosabati bilan 168 nafar eng ilğor biznes vakillari, mirişkor dehqon va fermerlar davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangani qayd etildi.
– Bunday fidoyi yurtdoşlarimiz, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va rağbatlantirişdan çarçamayman. Albatta, bu bejiz emas. Barçangiz yaxşi bilasiz, bundan ön yil oldin biz asosan xomaşyo eksport qilar edik. Hozirgi kunda esa, sanoat mahsulotlari hajmini 2016 yilgi 28 milliarddan 62 milliard dollarga yetkazdik. Agar vaqtida tadbirkorlik uçun qulay şaroitlar yaratib bermasak, bunday yutuqlarga erişa olarmidik? Yöq, albatta, – dedi davlatimiz rahbari.
Takidlanganidek, bugun biznes vakillari iqtisodiyotimizning çinakam tayançiga aylandi. Birgina quriliş sohasini oladigan bölsak, bu yönaliş oldin heç qaçon hozirgidek jadal rivojlanmagan. Ilgari qurilişlar faqat davlat buyurtmasi asosida bölar edi. Bugun xususiy quriliş kompaniyalari soni 30 mingdan oşdi, quriliş materiallari işlab çiqariş hajmi 6 milliard dollarga yaqinlaşdi. Hozirgi kunda Özbekiston tom manoda ulkan qurilişlar maydoniga aylandi.
Birgina ötgan yilning özida 23 milliard dollarlik quriliş işlari amalga oşirildi. Bu 2016 yilga nisbatan 4 karra köp.
Bunday ulkan özgarişlarni qişloq xöjaligi, töqimaçilik, elektrotexnika, maşinasozlik, farmatsevtika kabi yönalişlarda ham köriş mumkin.
Mamlakatimizda faqat sanoat bilan çeklanib qolmasdan, xizmat körsatiş sohalarini rivojlantirişga ham alohida ahamiyat berilayotgani takidlandi.
– Avvallari 500 million dollarga yetmagan turizm eksporti hozir 3 milliard dollarlik marradan oşdi. Yetti-sakkiz yil oldin IT eksporti 1 milliard dollarga yetadi, desa, bunga kim işonardi? Eng muhimi, barça tarmoqlarga yangi ilm, zamonaviy texnologiyalar kirib keldi. Ularda yuz minglab iş örinlari va yuqori malakali kadrlar armiyasi paydo böldi. Har bir sohada Yangi Özbekistonning öz strategiyasi, tajriba maktabi şakllandi.
Mamlakatimizning ana şunday yangi tarixi, yangi qiyofasini yaratişda butun xalqimiz qatori siz, azizlarning ham munosib hissangiz bor va buning uçun barçangizga çuqur minnatdorlik bildiraman, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Prezident joylarda davlat mukofotlarini qabul qilib olayotgan vatandoşlarimizni ham tabrikladi.
Şundan söng, mukofotlanganlarga faxriy unvon, orden va medallar tantanali ravişda topşirildi.
– Milliy istiqlolimizning eng buyuk maqsadi insonga etibor, uning qadrini, mehnatini uluğlaş, olijanob xalqimizning izzat-hurmatini joyiga qöyişdan iborat. Buni uşbu daqiqalarda barçamiz yanada çuqur his etmoqdamiz. Öz mehnati bilan mana şunday qadr topiş, el-yurt nazarida bölişdek buyuk baxt sizlarni heç qaçon tark etmasin, – dedi Prezident.
Mukofotlanganlar yuksak etibor uçun minnatdorlik bildirib, xalqimizga ezgu tilaklar bildirdi.




