Prezident Şavkat Mirziyoyev 10 iyun kuni “Bunyodkor” stadioniga taşrif buyurib, futbol böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi öyinini tomoşa qildi.
11-06-2025, 02:04
400 марта
Prezident Şavkat Mirziyoyev 10 iyun kuni “Bunyodkor” stadioniga taşrif buyurib, futbol böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi öyinini tomoşa qildi.Bu oddiy öyin emas, özbek futbolining katta bayrami. Jahon çempionati saralaş bosqiçining sönggi uçraşuvi. Lekin mohir sportçilarimiz mundial yöllanmasini muddatidan oldin naqd qilib qöygan – Özbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor futbol böyiça jahon çempionatida iştirok etadi!
Buni futbolsevar xalqimiz köp yillar orziqib kutgan edi. Terma jamoamiz bundan oldin yetti marta saralaşlarda qatnaşib, mundialga çiqa olmagandi. Har doim yo taqvim, yo gollar nisbati, yo mahorat yetişmasligi sabab bölib qolaverardi.
Heç qanday sabab-bahonaga örin qolmasligi uçun esa futbolçilar kuçli bölişi kerak, poydevor mustahkam bölişi kerak. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 martdagi qarori bilan, 2018-2022 yillarda futbolni yanada rivojlantiriş dasturi qabul qilingan edi. Istedodli yoşlarni tanlaş, keyinçalik professional etib tayyorlaş hamda milliy terma jamoalar zaxirasini yaratiş maqsadida 14 ta hududda bolalar va ösmirlar futbol akademiyalari taşkil etildi. Maşğulot va musobaqalarda sifat oşdi. Murabbiylar, hakamlar va boşqa mutaxassislarga etibor kuçaydi.
2019 yil 4 dekabrda Prezidentimiz “Özbekistonda futbolni rivojlantirişni mutlaqo yangi bosqiçga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida” farmon imzoladi. Unda klublar faoliyatini rivojlantiriş, xalqaro darajadagi mutaxassislar tayyorlaş, terma jamoalarning öquv-maşğulot jarayonini zamonaviy taşkil etiş, mamlakatimizda nufuzli musobaqalar ötkaziş maqsadlari belgilangan edi. 2023 yil 8 aprelda qabul qilingan ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirişga oid Prezident qarori ham katta ahamiyatga ega böldi.
Bunday etibor va tizim tufayli birin-ketin natijalar kela boşladi. 2018 yilda U-23 jamoamiz Xitoyda, 2023 yilda U-20 futbolçilarimiz Özbekistonda ötgan musobaqalarda Osiyo çempionligini qölga kiritdi. Yurtimizda FIFA va OFK dasturidagi turnirlarni ötkaziş yölga qöyildi.
2024 yilda özbek futboli rivojida yangi sahifa oçildi – 23 yoşgaça bölgan terma jamoamiz birinçi marta Olimpiya öyinlarida iştirok etdi.
Yutuq va xursandçiliklar bu yil ham davom etmoqda. Yaqindagina, aprel oyida Caudiya Arabistonida ötgan musobaqada 17 yoşgaça bölgan ösmirlarimiz Osiyo kubogini qölga kiritib, jahon çempionatiga yöllanma olgan edi. Mana endi asosiy terma jamoamiz ham yangi tarix yaratdi.
Özbekiston uşbu 3-saralaş bosqiçining “A” guruhidan örin olgan edi. Qariyb bir yil mobaynida Eron, Qatar, Birlaşgan Arab Amirliklari, Qirğiziston, Şimoliy Koreya futbolçilari bilan bahs olib borildi. 5 iyun kuni ötgan BAA – Özbekiston öyinida durang qayd etildi. Natijada 9-tur yakunlariga köra, terma jamoamiz oçkolari soni 18 taga yetdi va jahon çempionatiga çiqiş kafolatlandi.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev şu munosabat bilan yöllagan tabrigida futbolçilarimiz çinakam jasorat va matonat namunasini körsatib, xalqimiz orzusini röyobga çiqarganini takidladi.
Aminman, bu tarixiy yutuq xalqimizni ezgu maqsadlar yölida yanada birlaştiradi, ming-minglab yoşlarimiz uçun ilhom manbaiga, ibrat timsoliga aylanadi, Yangi Özbekistonning xalqaro obrö-etiborini yanada oşirişga xizmat qiladi, - dedi davlatimiz rahbari.
Çindan ham, bu tarixiy voqea butun xalqimizni birlaştirdi, quvontirdi. Şu bois ham sönggi turdagi Özbekiston - Qatar öyini bayramga aylanib ketdi.






Uçraşuv öz jonkuyarlari oldida öynagan hamyurtlarimizning töliq ustunligida ötdi. Yakunda Özbekiston 3:0 hisobida ğalaba qozondi.Özbekiston Respublikasi Prezidentining 6 iyundagi farmoniga muvofiq, Vatanimiz tarixida birinçi marta jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritgani, yoş avlodni sportga mehr va milliy ğurur ruhida tarbiyalaşga qöşgan hissasi uçun futbol böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi azolari va murabbiylaridan bir guruhi mukofotlangan edi. Öyindan keyin uşbu mukofotlarni topşiriş marosimi böldi. Davlatimiz rahbari qahramon sportçilarimizga faxriy unvon, orden va medallarni topşirdi. Şuningdek, terma jamoamiz azolari va mutaxassislariga BYD avtomobillari sovğa qilindi.
Prezidentimiz bilan öyinni Bolgariya Prezidenti Rumen Radev va Slovakiya Boş vaziri Robert Fitso hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari hukumat rahbarlari birgalikda kuzatdi.
Futbol bayrami dronlar va muşaklar şousi bilan yakunlandi.
2026 yilgi jahon çempionati 11 iyundan 19 iyulgaça AQŞ, Kanada va Meksikada bölib ötadi. 48 ta jamoa 12 ta guruhga bölinib bahs olib boradi. Guruhlarda birinçi-ikkinçi örinni egallaganlar hamda natijalari eng yaxşi 8 ta uçinçi örin sohiblari keyingi bosqiçga yöl oladi. Özbekiston iftixori bölgan futbolçilarimizdan bu musobaqada ham yaxşi natijalar kutib qolamiz.









