USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston va ŞHT. Xitoyga taşrif oldidan Mirziyoyevning maqolasi elon qilindi

170 марта

Özbekiston va ŞHT. Xitoyga taşrif oldidan Mirziyoyevning maqolasi elon qilindi


Xabaringiz bor, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinning taklifiga binoan 30 avgust – 3 sentyabr kunlari rasmiy taşrif bilan uşbu mamlakatda böladi. Özbekiston rahbari Şanxay hamkorlik taşkiloti Davlat rahbarlari kengaşi majlisi va “ŞHT plyus” formatidagi sammitda iştirok etadi. Xitoyga taşrif arafasida “Çina Daily” naşrida Prezident Şavkat Mirziyoyevning “Özbekiston va ŞHT: global tinçlik va farovonlik yölidagi hamkorlik” mavzusidagi maqolasi elon qilindi. Quyida maqola matni bilan tanişing.
Özbekiston bir qator davlatlar bilan birgalikda örni va ahamiyati yil sayin tobora ortib borayotgan Şanxay hamkorlik taşkilotini şakllantiriş va mustahkamlaş jarayonlarining boşida turgan edi. Uşbu taşkilotning faoliyati bugungi kunda nafaqat unga azo bölgan davlatlarning taraqqiyotiga, balki uşbu mintaqalarda yaşayotgan har bir insonning tinç va farovon hayotiga ijobiy tasir körsatmoqda.

Bu örinda ŞHT doirasidagi hamkorlik masalalari haqida söz yuritişdan oldin özining ruhi, madaniyati hayotbaxş kuç-ğayratiga köra Özbekistonga öta yaqin bölgan mamlakat – Xitoy Xalq Respublikasi bilan strategik hamkorligimiz haqida töxtalib ötmoqçiman.

Keyingi yillarda özbek-xitoy munosabatlari, siyosiy muloqot va xavfsizlikdan toki har tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik va madaniy-gumanitar almaşuvlargaça bölgan eng muhim sohalarni keng qamrab olgan holda, barqaror rivojlaniş suratlarini namoyon etmoqda. Ularni izçil mustahkamlab boriş Markaziy Osiyo va ŞHT makonida barqarorlikni taminlaş va qatiy ösişga kömaklaşadi.

Ikki davlat yetakçilari örtasidagi muntazam siyosiy muloqot ikkitomonlama hamkorlikni çuqurlaştirişning muhim omiliga aylandi. Biz 2024 yil yanvar oyida Xitoyga amalga oşirgan davlat taşrifimiz davomida XXR Raisi Si Tszinpin bilan birgalikda özaro munosabatlarimizni misli körilmagan yuqori bosqiçga – yangi davrda barça şaroitlarda har tomonlama yuqori strategik şeriklik darajasiga olib çiqdik, xalqaro maydonda eng muhim kooperatsiya va hamkorlik yönalişlarini belgilab oldik.

Özaro munosabatlarimizdagi ilgari misli körilmagan rivojlaniş Özbekistonning qadrli dösti, Rais Si Tszinpinning keng qamrovli özbek-xitoy hamkorligini yanada ravnaq toptiriş va mustahkamlaşga qaratayotgan şaxsiy etibori va tinimsiz say-harakatlari tufayli yuzaga keldi. Hukumatlararo qömita, Parlamentlararo guruh va Taşqi işlar vazirlari darajasidagi Strategik muloqot mexanizmlari tufayli barça kelişuvlarimizni amalga oşiriş taminlanmoqda.

Bir-birini töliq tuşuniş va tub manfaatlarini hisobga oliş özaro siyosiy işonç va strategik şeriklikni mustahkamlaşda qöl kelmoqda. Özbekiston yagona Xitoy tamoyilini qatiy qöllab-quvvatlamoqda. Biz Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni çuqurlaştiriş, “Markaziy Osiyoda şeriklik ruhi”ni şakllantiriş böyiça Özbekistonning say-harakatlarini qöllab-quvvatlab kelayotgani uçun Xitoy tomonidan ğoyat minnatdormiz.

Bizning mamlakatlarimiz “uçta yovuz kuç” – terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarşi kuraşda ham faol hamkorlik qilmoqda.

Mamlakatlarimiz örtasidagi tovar ayirboşlaş 2017 yildan buyon uç karra ösdi va 14 milliard dollarni taşkil etdi. Yaqin yillarda bu raqamni 20 milliard dollarga yetkaziş möljallanmoqda. Ana şu davrda mamlakatimizga 24,6 milliard dollarlik Xitoy investitsiyalari jalb etildi.

2024 yilda yurtimizda va Markaziy Osiyoda birinçi marta BYD elektromobillarini işlab çiqariş böyiça korxona işga tuşirilgani, şuningdek, Toşkentda özbekistonlik öquvçilar logistikani boşqariş va axborot texnologiyalaridan foydalaniş böyiça zamonaviy könikmalarini egallayotgan “Luban ustaxonasi” oçilgani XXR bilan sanoat kooperatsiyasini rivojlantirişda yangi davrni boşlab berdi.

Özbekistonda xitoy tili va madaniyatini örganişga Toşkent va Samarqanddagi Konfutsiy instituti, xitoy tilini biladigan xitoyşunos va mutaxassislarning yangi avlodini tarbiyalagan holda, katta hissa qöşmoqda.

Bu yil Özbekiston va Xitoy örtasida vizasiz rejim joriy etilgani gumanitar hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş yölidagi ulkan qadam böldi. Bu odamlar orasida yanada faol va samarali muloqotni, işbilarmonlar hamkorligi va turizm almaşuvlarini yölga qöyiş uçun şart-şaroit yaratadi.

Heç şubhasiz, hozirgi zamonaviy bosqiçda özbek-xitoy hamkorligi mintaqaning barqaror rivojlanişi va ŞHTning özaro foydali bölgan köptomonlama hamkorlik platformasi sifatidagi pozitsiyasini mustahkamlaşga kömaklaşadigan pragmatik va mutanosib şerilik modeliga aylanib bormoqda.

Şu nuqtai nazardan qaraganda, xalqaro ahvol murakkablaşib borayotgan hozirgi şaroitda mamlakatlarimiz örtasidagi barqaror munosabatlarni qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş alohida muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Jahondagi mavjud tizim çuqur silkinişlarni boşidan keçirmoqda. Xalqaro huquqning umumetirof etilgan meyor va printsiplariga asoslangan ilgarigi tartibot barqarorligiga putur yetmoqda.

Xalqaro munosabatlarda yuz berayotgan keng miqyosdagi transformatsiya jarayonlari buyuk davlatlar örtasidagi geosiyosiy raqobatning ösişi va qarama-qarşilik xavfining ortişi, qaror topgan kuçlar nisbatining buzilişi hamda jamoaviy boşqariş mexanizmlarining susayişi bilan birga keçmoqda.

Global xavfsizlik arxitekturasi, işonç inqiroziga duç kelgan holda, kuçayib borayotgan tahdid va xavf-xatarlar oldida tobora zaif bölib qolmoqda. Bu yaqin istiqbolda bartaraf etiş qiyin bölgan yanada katta parçalanişlarga olib keladi.

Mamlakatlar jahon iqtisodiyotida protektsionizmning ösişi, ananaviy mahsulot yetkazib beriş zanjirlarining uzilişi va işlab çiqariş quvvatlarining qayta taqsimlanişiga töqnaş kelmoqda. Favqulodda muhim bölgan xomaşyo resurslari va texnologiyalardan foydalaniş uçun raqobat kuçaymoqda, raqamli va “yaşil” transformatsiyada yetakçilik uçun kuraş keskinlaşmoqda. Global iqtisodiy ösişning sekinlaşuvi, inflyatsiyaning yuqoriligi va moliya bozorlaridagi beqarorlik, dunyodagi taraqqiyot markazlari örtasida tafovutni kuçaytirgan holda, rivojlanayotgan iqtisodiyotga ega bölgan mamlakatlar uçun qöşimça xavf-xatarlarni keltirib çiqarmoqda.

Ana şu jarayonlar natijasida nafaqat tiyib turadigan va muvozanatni saqlaydigan tizim, savdo va moliya sohalari, balki jahon miqyosidagi xavfsizlikni taminlaş, kambağallikka qarşi kuraş, iqlim özgarişlari bilan boğliq aksariyat muammolarni hal etiş ham qattiq bosim ostida qoldi.

Markaziy Osiyo mamlakatlarida keng miqyosdagi ijtimoiy-iqtisodiy silkinişlarning sababçisi bölişi mumkin bölgan iqlim özgarişlari oqibatlari, oziq-ovqat va energetika tizimidagi beqarorlik tobora qudratli tahdidga aylanmoqda.

Barça mamlakatlar uçun boşqa umumiy tahdid – suniy intellektning rivojlanişidir. Öz-özidan ravşanki, bu – töxtatib bölmaydigan tabiiy jarayon, lekin bizning vazifamiz – undan harbiy maqsadlarda foydalanişga va uning global xavf-xatarga aylanişiga yöl qöymaslikdan iborat.

Heç qanday mubolağasiz aytişim mumkinki, ana şunday şaroitda Şanxay hamkorlik taşkiloti davlatlarni tenglik, manfaatlarni özaro hisobga oliş va içki işlarga aralaşmaslik printsiplari asosida birlaştiradigan xalqaro hamkorlikning jozibali va keng miqyosda talab etiladigan modeliga aylanib bormoqda.

ŞHT taşkil etilgan davrdan boşlab özaro işonç, özaro foyda, turli tsivilizatsiyalarga hurmat va birgalikdagi taraqqiyotga intilişga asoslangan “Şanxay ruhi”ni qaror toptirdi va izçil oldinga siljitmoqda. Taşkilot, pul tikmasdan öynaş va tsivilizatsiyalar töqnaşuviga xos fikrlaş tarzini yengib ötib, “eskirgan sovuq uruş” kontseptsiyasidan töliq voz keçdi.

ŞHT qöşilmaslik, qarama-qarşilikka bormaslik va uçinçi tarafga qarşi harakat qilmaslik ğoyalarini faol ilgari surmoqda va hayotga joriy etmoqda. Uşbu birlaşma katta-kiçik davlatlarning tölaqonli tengligi, konstruktiv maslahatlaşuvlar orqali murosaga erişiş, şuningdek, muloqot va hamkorlik yöli bilan tinçlikka kömaklaşiş tarafdori bölib maydonga çiqmoqda. Taşkilotimizning joziba kuçi va qudrati aynan şunda mujassamdir.

Şanxay taşkiloti, özaro uyğunlikda, birgalikda yaşaş va özaro foydali hamkorlik ğoyalarining yaşaşga qodir ekanini namoyon etgan holda, turli siyosiy tizimga, tarixiy-madaniy ananalar va iqtisodiy rivojlaniş darajasiga ega bölgan davlatlarni muvaffaqiyatli ravişda birlaştirib kelayotgani köptomonlama hamkorlik imkoniyatlari ortib borayotganining dalilidir.

Bugungi kunda ŞHTning “katta oilasi” 10 ta azo davlatni, 2 ta kuzatuvçi va 14 ta muloqot böyiça şerik mamlakatni birlaştiradi, Osiyo, Yevropa va Afrikadagi bepoyon makonni qamrab oladi. ŞHTga azo mamlakatlarning umumiy hududi Yevroosiyo makonining 60 foizdan ham köpini, aholisi esa sayyoramizning taxminan 42 foiz aholisini taşkil etadi. Taşkilotga azo davlatlarning jahon yalpi içki mahsulotidagi uluşi qariyb 25 foizdan iboratdir.

BMT Xavfsizlik Kengaşining ikkita doimiy azosi va “Yigirmatalik guruhi”ga kiradigan 5 ta mamlakat – Hindiston, Xitoy, Rossiya, Saudiya Arabistoni, şuningdek, BRIKS birlaşmasining 5 ta azosi – Hindiston, Eron, Xitoy, BAA va Rossiya ŞHT “oilasi”da faoliyat körsatmoqda.

Şu tariqa ŞHTning zamonaviy qiyofasi nafaqat uning Yevroosiyo makonidagi keng geografiyasini, balki unga azo davlatlarning köpqutbli yangi dunyoni şakllantirişdagi roli tobora ortib borayotgan global jarayonlar bilan özaro kuçli boğliqligini ham közgudek aks ettiradi.

Taşkilot faoliyat körsatib kelayotgan yillar davomida xavfsizlikdan boşlab iqtisodiyot, madaniyat va barqaror taraqqiyotgaça bölgan keng kölamdagi yönalişlarni qamrab oladigan 60 dan ortiq xalqaro şartnomalar va 40 dan ziyod işçi mexanizmlarni özida mujassam etgan mustahkam institutsional asosga ega bölgani – uning ösib borayotgan hamkorlik salohiyatining yana bir muhim omiliga aylandi.

ŞHT doimo harakatda, uning tadrijiy rivojlaniş salohiyati bitmas-tuganmasdir. Kontseptual dastur va strategiyalar, şuningdek, ŞHT doirasidagi tarmoqlar böyiça hamkorlikning yangi mexanizm va şakllari savdo-iqtisodiy va transport sohalaridagi özaro boğliqlikni mustahkamlaş, sanoat kooperatsiyasi va texnologik jihatdan bir-birini töldiriş, mamlakatlarimizning “yaşil” va raqamli iqtisodiyotga ötiş jarayonlarini tezlaştirişga katta hissa qöşmoqda.

Xalq diplomatiyasi, madaniyat, talim va turizm sohalaridagi almaşuvlar, xalqlar örtasida döstlik va yaxşi qöşniçilik ğoyalarini faol ilgari suriş orqali “Şanxay ruhi”ni ifoda etişga yönaltirilgan noyob gumanitar loyihalar tufayli Taşkilotimiz iç-içidan yanada jips va kuçli bölib bormoqda.

ŞHT özini xalqaro hamkorlikning faol iştirokçisi va köptomonlama diplomatiyaning samarali platformasi sifatida namoyon etdi. Taşkilot BMT va uning ixtisoslaşgan muassasalari, şuningdek, bir qator mintaqaviy va xalqaro tuzilmalar, jumladan, MDH, BRICS, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, ASEAN, IHT, Osiyoda özaro hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaş, Arab davlatlari ligasi va boşqa birlaşmalar bilan aloqalarni faol rivojlantirmoqda.

Bularning barçasi yuqori darajadagi yetuklikdan va köptomonlama hamkorlikning tizimli ekanidan dalolat beradi. Faol institutsional rivojlaniş, köptarmoqli hamkorlikni ilgari suriş va xalqaro aloqalarni kengaytiriş, global miqyosda tinçlik, barqarorlik va taraqqiyot işiga xizmat qiladigan ŞHTning masuliyatli, oçiq va inklyuziv mexanizm sifatidagi obrö-etibori va rolini mustahkamlaşga kömaklaşmoqda.

ŞHT mavjud tuzilmalarga qarşi qaratilgan tahdid emas, balki kuç örniga muloqotga asoslangan yangi, adolatli jahon tartiboti talabiga javobdir. Qarama-qarşilik va mafkuraviy tafovutlar kuçayib borayotgan dunyoda ŞHT aniq muqobil yölni taklif etmoqda. Bu – özaro hurmat, muloqot va birgalikda rivojlaniş tamoyillaridir.

XXR Raisi Si Tszinpin haqqoniy ravişda qayd etganidek, “tarix ğildiragini ortga aylantirib bölmaydi, faqat oldinga qarab boriş muhimdir. Bizga bölingan emas, yagona va yaxlit dunyo zarur”.

Zamonaviy tahdidlarni hisobga olgan holda, ŞHTning qandaydir blokka aylanişi va boşqa xalqaro tuzilmalarga qarşi bölişiga yöl qöymaslik ğoyat muhimdir. Bizning boş maqsadimiz – xalqaro vaziyatni keskinlaştiriş emas, balki tinçlikka asoslangan kun taritibini namoyon etiş, umuminsoniy muammolarni hal etiş uçun ŞHT imkoniyatlaridan foydalanişdan iborat.

ŞHT doirasidagi hamkorlikni bosqiçma-bosqiç va keng kölamli rivojlantiriş tarafdori sifatida Özbekiston, Taşkilot tuzilgan va rivojlangan birinçi kunlardan boşlab aynan ana şu qaraşga amal qilib kelmoqda. Bizning mamlakatimiz 2001 yil iyun oyida “Şanxay beşligi”ga qöşilib, ŞHTga asos solgan 6 ta davlatning biriga aylandi hamda keyinçalik uning Xartiyasida ifoda etilgan ğoya va printsiplarni işlab çiqişga katta hissa qöşdi.

Bizning mamlakatimiz, ŞHT doirasidagi özaro hamkorlikning faol iştirokçisi sifatida, Taşkilotga tört marta raislik qildi va uning rivojiga munosib hissa qöşdi.

ŞHTning 2004 yilda bölib ötgan birinçi Toşkent sammiti, avvalo, Özbekiston poytaxtida Taşkilotning ikkita doimiy organlaridan biri bölgan ŞHTning Mintaqaviy aksilterrorçilik tuzilmasi (MATT) Ijroiya qömitasining boş qarorgohi oçilişi bilan esda qoldi.

Davlat boşliqlari kengaşining muhim qarorlaridan yana biri ŞHT huzurida kuzatuvçi davlat maqomini beriş şartlari va tartibi haqidagi qarorning qabul qilinişi böldi. ŞHTga ayni şu maqomda qöşilgan birinçi mamlakat Möğulistondir. Mamlakatlarimizning Şanxay taşkilotining oçiqlik xususiyatini amalda taminlaş borasidagi qatiyati şunda namoyon böldi.

Toşkentda 2010 yilda ötkazilgan ikkinçi sammitning ahamiyati yangi azolarni qabul qiliş tartibi va ŞHT faoliyatining taşkiliy asoslarini belgilab bergan hujjatlarning qabul qilinişi orqali takidlandi.

2016 yilda Toşkentda bölib ötgan davlat boşliqlarining uçinçi yiğilişida Taşkilotni kengaytirişning birinçi bosqiçi haqida muhim qaror qabul qilindi: uning safiga Hindiston va Pokiston teng huquqli iştirokçi davlat sifatida qabul qilindi.

Özbekiston 2017 yildan boşlab, ŞHTga azo mamlakatlarning amaliy hamkorligini rivojlantiriş böyiça takliflarni ilgari surgan holda, Taşkilot işidagi faoliyatini sezilarli ravişda faollaştirdi. Bizning mamlakatimiz tomonidan taklif etilgan, umuman olganda, 105 ta taşabbusdan

80 dan ziyodi hozirgi vaqtgaça muvaffaqiyatli amalga oşirildi, ular siyosiy, iqtisodiy, innovatsion va gumanitar hamkorlikni çuqurlaştirişga qaratilgan.

Heç şubhasiz, 2022 yilda, pandemiyadan söng birinçi marta ötkazilgan Samarqand sammiti xalqaro diplomatiya olamidagi yirik voqea böldi va ŞHT faoliyatida yangi davrni boşlab berdi, uning yakunlariga köra, 40 dan ziyod muhim ahamiyatga molik qarorlar, kelişuvlar, dasturlar va kontseptual hujjatlar qabul qilindi. Ularning orasida davlat boşliqlarining Taşkilotni kengaytirişning ikkinçi bosqiçi – Eronga azo davlat maqomini beriş, şuningdek, Belarusni ŞHTga qabul qiliş tartib-taomilini boşlaş töğrisidagi printsipial qarorlari alohida etiborni tortdi.

Özbekistonning eng asosiy ustuvor yönalişlardan biri –ŞHTning özak-negizi sifatida Markaziy Osiyoning rolini mustahkamlaşdan iborat. Kengayiş jarayonlari natijasida Taşkilotga Janubiy Osiyo va Örta Şarq mamlakatlari qöşildi va bizning mintaqamiz bepoyon Yevroosiyo makonida joylaşgan ŞHT davlatlari örtasida tabiiy ravişda boğlovçi böğinga aylandi.

Markaziy Osiyoda mintaqaviy kooperatsiyani rivojlantiriş ŞHTga azo mamlakatlarning özaro hamkorligini faollaştiriş, xavfsizligini mustahkamlaş va taraqqiyotini taminlaşga kömaklaşadi. 2017 yilda Özbekistonning taşabbusi bilan mintaqa mamlakatlarini jipslaştirgan va hamkorlikni çuqurlaştiriş uçun şart-şaroitlar yaratib bergan mintaqaviy birlaşiş böyiça Markaziy Osiyo jarayoni harakatga keltirildi.

Köplab dolzarb muammolarni hal etişni taminlagan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining siyosiy irodasi hamda turli qöşma loyihalarning işga tuşirilişi tufayli tinç, barqaror va umumiy maqsadlar atrofida birlaşgan Markaziy Osiyoni barpo etişga erişildi.

Bu yil Özbekiston Markaziy Osiyo davlatlari boşliqlarining muntazam uçraşuvlari mexanizmida raislik qilmoqda. Uşbu yilning kuz faslida bölib ötadigan “Markaziy Osiyo beşligi” sammiti Yangi Markaziy Osiyoni şakllantiriş jarayonida tub buriliş yasaşi kutilmoqda. Bu anjuman ikkitomonlama xalqaro masalalarni hal etiş bosqiçidan endilikda barça mamlakatlar uçun ustuvor bölgan umummintaqaviy vazifalar – mintaqaviy özaro boğliqlikni kuçaytiriş, iqlim özgarişlari oqibatlarini bartaraf etiş, suv resurslaridan oqilona foydalaniş, mintaqada xavfsizlikni mustahkamlaş, energetika sohasini rivojlantiriş, raqamli va “yaşil” transformatsiyani amalga oşiriş masalalarini hal etiş böyiça sifat jihatidan yangi bosqiçga ötişni boşlab beradi.



Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: