Molxonada saqlangan kelin qutqarildi
4-09-2025, 12:47
4 947 марта

Molxonada saqlangan kelin qutqarildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Uzun tumanida kelin molxonada saqlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Surxondaryo viloyati IIB rasmiy malumotiga köra, bu holat örganib çiqildi.Malum bölişiça, joriy yilning 26 avgust kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi mahallalarning birida nomalum ayol antisanitariya holatida xonadon egalari tomonidan molxonada majburiy uşlab turilganligi haqida xabar kelib tuşgan. Uşbu xabarga asosan, mahalla profilaktika inspektori zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, xonadon egalarining qarşiligiga qaramasdan molxona eşigini buzib içkariga kirgan. Holat örganilganda xonadon egasi 1981 yil tuğilgan fuqaro Ş.A. şu xonadonda yaşovçi onasi va yaqin qarindoşlari bilan oldindan til biriktirib, norasmiy turmuş örtoği 1997 yil tuğilgan fuqaro X.G.ni ruhiy holatidagi özgarişlari borligidan (tilida nuqsoni borligi, fikrlarini töliq bayon qilişga qiynalişi) foydalanib bir neça oy davomida ayolga nisbatan tazyiq va zöravonlik işlatişgani, beş oylik öğil farzandi bilan xonadon içidagi molxonada majburlab yaşirin ravişda, oğir şaroitda saqlab kelişgani aniq bölgan.
Şundan söng jabrlanuvçilar zudlik bilan tibbiyot muassasasiga joylaştirilgan.
Hozirda jabrlanuvçi X.G. Uzun tumani tibbiyot birlaşmasi jarrohlik bölimiga, farzandi esa tuğruq bölimiga davolaniş uçun joylaştirilib, ularning soğliği bilan boğliq vaziyat viloyat ijtimoiy himoya boşqarmasi masullari tomonidan alohida nazoratga olingan.
Holat yuzasidan, Uzun tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 126 prim 1-moddasi 7-qismi «a», «e» bandlari bilan jinoyat işi qözğatilib, gumonlanuvçilar Ş.A. va uning işga aloqador bölgan uç nafar yaqin qarindoşlari protsessual tartibda qamoqqa olingan.