Ötgan yili poyezd va avtomobillar töqnaşuvi sabab 11 kişi halok bölgan
4-09-2025, 17:22
143 марта

Ötgan yili poyezd va avtomobillar töqnaşuvi sabab 11 kişi halok bölgan
Senatda Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga temir yöl transportida va metropolitenda harakat va taşiş xavfsizligi talablarini hamda yölovçilarni, bagajni va yuk bagajini taşiş qoidalarini buzganlik uçun jarima solişga sabab bölişini belgilovçi qöşimçalar kiritişni nazarda tutuvçi qonun loyihasi muhokama qilindi.Takidlanişiça, 2023 yil davomida metropolitenda 172 mln, yölovçi poyezdlarda 9 mln 300 ming yölovçi taşilgan bölsa, 2024-yilda metropolitenda 270 mln, yölovçi poyezdlarda 10 mln 70 ming, şuningdek, avtomobil transportida 8 mlrddan ortiq yölovçilarni taşişga erişildi. Bundan taşqari, 2024-yil davomida temir yöl transportida 102,7 mln tonna yuk taşilgan bölsa, avtomobil transportida 2 mlrd tonnadan ortiq yuk taşilgan.
Bu esa öz navbatida davlat nazoratini amalga oşirişda yölovçi va yuklarni manziliga öz vaqtida xavfsiz yetkaziş, ularga xizmatlar körsatiş jarayonining uzluksizligi, sifatliligi, barqarorligi va işonçliligini taminlaş lozimligini taqozo etmoqda.
Amaldagi qonunçilikda temir yöl taşişlari xavfsizligini taminlaş böyiça kamçiliklar va huquqbuzarliklar aniqlanganida Transport nazorati inspektsiyasi yuridik şaxsga nisbatan faqat körsatma beriş huquqiga ega.
Jumladan, temir yöl transporti hamda metropolitenda 2024 yilda harakat va taşişlar xavfsizligi talablarining qöpol buzilişi bilan boğliq 130 ta hodisa sodir etilgan. Natijada harakatdagi tarkib va temir yöl infratuzilmasiga qariyb 4 mlrd söm moddiy zarar yetkazilgan. Xuddi şuningdek, mamlakatimiz avtomobil yöllarining tartibga solinmagan temir yöllari kesişmalarida poyezdlar hamda avtotransport vositalari iştirokida 2024-yilda 38 ta yöl transport hodisasi sodir bölgan va buning oqibatida 11 nafar fuqaro halok bölgan.
Şu bois Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeks yangi 113-1-modda bilan töldirilib, taşişlar xavfsizligini taminlaş böyiça qoida va talablarni buzganlik uçun mansabdor şaxslarga va xizmatçilarga bazaviy hisoblaş miqdorining ön baravari miqdorida jarima solişga sabab bölişi belgilanmoqda.
Muhokama qilinayotgan Qonun bilan xalqaro va şaharlararo avtomobil taşuvlarini amalga oşirişda haydovçilarning mehnat va dam oliş rejimini buzganlik uçun bazaviy hisoblaş miqdorining yetti baravari miqdorida jarima solişga sabab bölişi belgilanmoqda.