Şavkat Mirziyoyevning oktyabrda Bryusselga borişi kutilyapti
5-09-2025, 19:52
105 марта

Şavkat Mirziyoyevning oktyabrda Bryusselga borişi kutilyapti
Şavkat Mirziyoyev 2025 yilning 24 oktyabrida Bryusselga boradi. Bu haqda Yevropa kengaşi prezidenti Antoniu Koştaning Özbekiston Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan yöllagan tabrigida malum qilindi.Yevropalik siyosatçi öz tabrigida Yevroittifoq va Özbekiston örtasida örnatilgan mustahkam döstona aloqalarni etirof etadi va joriy yil aprel oyida Samarqandda «Evropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» birinçi sammiti doirasida bölib ötgan uçraşuvni esga oladi.
«Siz bilan 2025 yil 24 oktyabr kuni Bryusselda bölib ötadigan uçraşuvni intiqlik bilan kutaman, u yerda Yevropa Ittifoqi va Özbekiston örtasida Kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik töğrisidagi bitimning imzolanişi munosabati bilan fikr almaşişni davom ettiriş imkoniga ega bölamiz», – deydiAntoniu Koşta öz tabrik xatida.