Özbekistonda 1 oyda 86,5 mlrd sömlik “svet” va gaz öğirlandi
6-09-2025, 20:13
121 марта
Özbekistonda 1 oyda 86,5 mlrd sömlik “svet” va gaz öğirlandiJoriy yilning avgust oyida Özbekistonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalaniş oqibatida tizimga 86,5 milliard sömlik zarar yetkazilgan. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspektsiyasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, "Özenergoinspektsiya" tomonidan huquqni muhofaza qiluvçi organlar iştirokida sönggi bir oyda ötkazilgan nazorat tadbirlarida istemolçilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 179 ta holat aniqlangan.
Unga köra, 36,8 mln kVt⋅soat elektr energiyasi (58,9 mlrd söm) va 8,7 mln metr kub tabiiy gaz (27,5 mlrd söm) talon-toroj qilinişi oqibatida jami 86 milliard 571 million söm zarar qayta hisob-kitob qilingan.
Şuningdek, istemolçilar tomonidan energiya resurslaridan foydalaniş qoidalarini buziş bilan boğliq huquqbuzarlik böyiça 476 ta mamuriy iş rasmiylaştirilgan.
Bildirilişiça, qoidabuzar istemolçilarga nisbatan belgilangan tartibda çoralar körilib, tegişli hujjatlar huquqni muhofaza etuvçi organlarga taqdim qilingan.