Ism raqamlardan tuşgan mablağlar qayoqqa işlatiladi?
7-09-2025, 11:47
1 241 марта
Ism raqamlardan tuşgan mablağlar qayoqqa işlatiladi?Özbekistonda kim köp, pul topib, aql topmaganlar köp. Korruptsion daromadlarini qanday özlaştirişni bilmay yurganlar undanam köp. Bu korruptsionerlar-u, oligarxlarning turli jiyan, uruğ va qarindoşlarining esa sanoği yöq. Haşamati, yaltiroq hayoti va boşqalardan ustunligini köz-köz qilişga ehtiyoj esa potirab ösib bormoqda. Ularga qimmat moşin kam, tonirovka kam, qimmat nomer kam, qani endi şu bir parça temirga isminiyam yozvolsa.
Şunday ekan, 2026 yil 1 yanvardan boşlab avtomototransport vositalari uçun oltitagaça harf va/yoki raqamlar kombinatsiyasidan iborat bölgan "noyob" davlat raqami belgilarini auktsionda sotilişi yaxşi qadam. Afsonaviy Robin Gud talonçi boylarni qoqiştirib pul olganku, şuning madaniylaşgan körinişi.
Endi şu Robin Gud bölgaç, oxirigaça böliş kerak. Ism raqamlardan tuşgan millardlab pullarni manzilli işlatiş, ijtimoiy sohaga va ijtimoiy qatlamlarga yönaltiriş kerak. Masalan, bir yomğirdan keyin uqalanib, yuvilib ketmaydigan trotuarlar uçun, piyodalar ötiş yölaklarida svetoforlar örnatiş uçun, imkoniyati çeklanganlar harakatlanişiga yordam beradigan infratuzilma yaratiş uçun. Yana oşsa, jamoat transporti uçun.
Şunda adolat taminlanadi. Xalqdan turli yöllar bilan korruptsionerlar çöntagiga köçgan mablağlar yana xalq xizmatiga qaytadi.