Özbekistonliklar 2026 yilda röyxatdan ötkaziladi
11-09-2025, 22:46
253 марта

Özbekistonliklar 2026 yilda röyxatdan ötkaziladi
Özbekistonda röyxatdan ötkaziş tadbirlari 2026 yil 15 yanvardan 28 fevralga qadar ötkaziladi. Uning dastlabki 17 kuni internet orqali, keyingi bir oy mobaynida esa “mahalla yettiligi” iştirokida uyma-uy yurib amalga oşirilişi belgilanmoqda. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyev bugun, 11 sentyabr kuni aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş işlarini samarali taşkil etişga oid takliflar taqdimoti bilan tanişiş çoğida söz bordi.Taqdimotda aytilişiça, Özbekistonda umummilliy röyxatga oliş oxirgi marta 1989 yilda ötkazilgan. Sönggi yillarda bu yönalişda qator işlar amalga oşirilgan. Jumladan, “Aholini röyxatga oliş töğrisida” qonun qabul qilinib, aholini har 10 yilda, qişloq xöjaligini esa har 5 yilda kamida bir marta röyxatdan ötkaziş belgilangan.
Şu bois, 2021 yilda aholini, 2022 yilda esa qişloq xöjaligini sinov tariqasida röyxatga oliş tadbirlari ötkazilgan. Lekin tölaqonli röyxatga olişni ötkaziş uçun zarur omillar va xalqaro tajribalarni örganiş hamda tegişli çora-tadbirlarni işlab çiqiş malum vaqtni taqozo etişi bois, bu tadbir keyinga qoldirilgan edi.
Taqdimotda xalqaro tajribadan kelib çiqib hamda Jahon banki, YuNFPA va FAO taşkilotlari iştirokida işlab çiqilgan aholi va qişloq xöjaligini bir vaqtda röyxatdan ötkaziş taklifi körib çiqilgan.
Mazkur usul orqali xarajatlar sezilarli qisqarib, 1,3 trillion söm mablağ tejaladi. Şuningdek, röyxatga oliş jarayonlari oddiy va şaffof tarzda taşkil etiladi. Savollarning soni avval rejalaştirilgan 328 tadan 71 taga qisqartirildi.
Röyxatga oliş natijasida Yevropa statistiklar konferentsiyasining 2020 yildagi tavsiyalari asosida 38 million aholining tarkibi va migratsiyasi, oilaviy holati, faoliyat turi, daromad manbalari töğrisida yagona malumotlar bazasi şakllantiriladi.
Mamlakatdagi qişloq xöjaligi yerlaridan foydalaniş holati, çorva mollari va parrandalar soni aniqlanadi. Bu orqali qişloq xöjaligiga yönaltirilayotgan yillik 25,6 trillion söm, jumladan, 2,2 trillion söm byudjet mablağlarining samaradorligi, sohadagi xizmatlar hajmi va oziq-ovqat xavfsizligini taminlaş uçun zarur malumotlar töplami yaratiladi.
Röyxatga oliş jarayonlarini samarali amalga oşiriş uçun “mahalla yettiligi” maxsus öquv dasturi asosida tayyorlanadi va rağbatlantiriladi. Buning uçun Jahon banki kömagida amalga oşirilayotgan statistika tizimini mustahkamlaş loyihasining mablağlari yönaltiriladi.
Şuningdek, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarğibot işlari yölga qöyiladi. Maxsus körsatuv va videoroliklar namoyiş etilib, fuqarolarning xabardorligi oşiriladi.
Davlat rahbari taqdim etilgan takliflarni maqullab, aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş tadbirlarini tizimli va sifatli amalga oşiriş böyiça mutasaddilarga körsatmalar berdi.