Instagram’da soxta kiyim dökoni oçib, odamlarni “uxlatgan”lar uşlandi
13-09-2025, 06:50
127 марта

Instagram’da soxta kiyim dökoni oçib, odamlarni “uxlatgan”lar uşlandi
Toşkent viloyatida ötkazilayotgan “Xavfsiz kibermakon” tezkor-profilaktika oyligi doirasida “onlayn kiyim dökoni” niqobi ostida taşkil etilgan firibgarlik foş etildi. Bu haqda Toşkent viloyati Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.Malum bölişiça, 4 nafar şaxs oson daromad orttiriş maqsadida Instagram hamda Telegram orqali “erkaklar kiyimlari savdosi” niqobi ostida soxta sahifalar oçib, arzon narxlarda mahsulotlar taklif qilgan. Ular xaridorlardan oldindan pul ötkazişni sörab, mablağlarni begonalarga tegişli bank kartalariga tuşirgan va şaxsiy ehtiyojlari uçun sarflab kelgan.
Xususan, joriy yilning 11 iyun kuni Toşkent tumanida yaşovçi fuqaro Instagram orqali ularga boğlanib, reklama qilingan kiyimni sotib oliş uçun 1 million sömni ular körsatgan karta raqamiga ötkazib bergan. Biroq pul ötkazilgaç, barça yozişmalar öçirilib, muloqot töxtatilgan.
Dastlabki tergov jarayonida aniqlanişiça, sönggi bir oy davomida ular fuqarolarning jami 279 ta bank plastik kartalaridan aldov yöli bilan 101 million sömdan ortiq mablağlarni qabul qilib olgan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan uşbu şaxslarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi böyiça jinoyat işi qözğatildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.