Kuzda bolalar kasal bölmasligi uçun nima qiliş kerak? – mutaxassis tavsiyasi
14-09-2025, 14:24
433 марта
Kuzda bolalar kasal bölmasligi uçun nima qiliş kerak? – mutaxassis tavsiyasi 
Ularning barçasi bilan taniş va amal qilayotgan bölişingiz mumkin, ammo eslatma zarar qilmaydi.
Qöl gigiyenasi
Bolalar maktab va boğça hamda jamoat transportida odamlar bilan doimiy aloqada böladi. Bu esa viruslarning oson tarqalişi uçun qulay şaroit yaratadi. Şu sababli:
- qöllarni ovqatdan oldin va keyin hamda hojatxonadan çiqqaç, doimo sovunlab yuviş;
- ötkir respirator virusli infektsiyalar (ÖRVI)ga çalingan bemorlar bilan yaqin muloqotni çeklaş lozim.
Kuzda gripp va ÖRVI kasalliklari havo-tomçi yöli orqali tez tarqaladi. Şu bois bolada şamollaş belgilari kuzatilsa, uyda qolişi zarur. Çunki bunday holatda maktabga boriş, kasallikning boşqalarga ham yuqişiga sabab böladi.
Kiyim-keçakning havoga mos bölişi
Kuz havosi özgaruvçan. Bir kun issiq, bir kun esa salqin bölişi mumkin. Şuning uçun:
- mavsumga mos, yani juda yengil ham, juda qalin ham kiyinmaslik;
- nam ust-boşda yurmaslik va ularni tezda almaştiriş lozim.
Har bir bola mustahkam immunitetga ega bölişi uçun uning taomlanişiga alohida etibor qaratiş kerak. Jumladan:
- ratsionda köproq mevalar (olma, xurmo, anor), sabzavotlar (karam, lavlagi, brokkoli, baqlajon, sarimsoqpiyoz), kökatlar, sut va baliq mahsulotlari, tovuq göşti, tuxum, loviya, nöxot kabi yeguliklar bölişi;
- sovuqqa qarşi damlama (zanjabil, limon, asal bilan) içiş;
- turli şirinliklar, gazli va energetik içimliklar, çips hamda «suxarik»larni istemol qilmaslik zarur.
Maktab yoşidagi bolalar har kuni 8–10 soat tiniqib uxlaşi tavsiya etiladi. Çunki bunday hordiq immunitetni mustahkamlab, öqişda faol bölişga yordam beradi. Şu bois:
- bolalarning erta uyquga yotişi va uxlaşdan avval telefon yoki planşet öynamasligini nazorat qiliş;
- ularni har kuni bir vaqtda uxlab, bir paytda turişga odatlantiriş lozim.
Bolalar har kuni:
- yuz-qöllarini yuvişga odatlanişi;
- tişlarni kunda 2 mahal (ertalab va keçqurun) tozalaşi;
- kiyimlarini tez-tez almaştirişi kerak.