Özbekistonda avtomobillarni sotib oliş kamaydi
17-09-2025, 13:40
129 марта

Özbekistonda avtomobillarni sotib oliş kamaydi
Özbekistonda 2025 yil avgust oyida avtomobillarni sotib oliş kamaydi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlilida keltirilgan.
Avgust oyida yangi yengil avtomobillar segmentida sotuvlar 2 foizga pasayib, 37,6 ming dona avtomobilni taşkil etdi.
Mahalliy işlab çiqarilgan yangi yengil avtomobillar sotuv hajmi 32,6 ming donani taşkil etib, ötgan oyga nisbatan 0,8 foizga kamaydi. Xorijda işlab çiqarilgan yangi avtomobillarning sotuvi esa 4,9 ming donani taşkil etdi. Bu iyul oyi körsatkiçidan 9,4 foiz kam.

Avgust oyida ikkilamçi bozorda yengil avtomobillar savdosi 52,7 ming donani taşkil etdi, bu esa oldingi oyga nisbatan 14,3 foizga kam.
Elektromobillar segmenti. Ikkilamçi bozorda 2,7 mingta elektromobil sotildi, bu iyul oyi körsatkiçidan atigi 0,6 foiz yuqori. Şu bilan birga, yillik hisobda ösiş 4,6 barobar qayd etildi.
2025 yil iyul oyida Özbekiston avtomobil bozorida savdolar sezilarli darajada oşgandi. Sotilgan avtotransport vositalari hajmi 116,8 ming donani taşkil etib, iyun oyiga nisbatan 27 foizga köp bölgandi.