USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston avtomobil bozorida savdolar sezilarli darajada oşdi – tadqiqot

371 марта

Özbekiston avtomobil bozorida savdolar sezilarli darajada oşdi – tadqiqot

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi malumotlariga köra, 2025 yil iyul oyida Özbekiston avtomobil bozorida savdolar sezilarli darajada oşgan.

Sotilgan avtotransport vositalari hajmi 116,8 ming dona bölib, bu joriy yil iyun oyiga nisbatan 27 foizga köp va 2024 yil yanvaridan beri (144,5 ming dona) eng yuqori körsatkiçdir. Bunday dinamika mavsumiy pasayiş davridan keyin bozor faolligining tiklanişini körsatadi.

Yengil avtomobillar bozoridagi vaziyat

Yengil avtomobillar segmentida iyul oyida savdo hajmi sezilarli darajada oşdi. Bu holat istemolçilar faolligining tiklanişi va talabning hududlar böyiça diversifikatsiyalanganini körsatadi. Yengil avtomobillarning umumiy savdosi deyarli 100 000 donani taşkil etdi, bu ötgan oyga nisbatan 25 foizga köp.


Eng yuqori ijobiy dinamika Toşkent (ösiş 51 foiz), Namangan (49 foiz) va Xorazm (40 foiz) viloyatlarida qayd etildi.

Taqqoslaş uçun, iyun oyida yengil avtomobillar savdosi hajmi 3 % ga oşgan bölsa, iyuldagi ösiş suratlari sezilarli tezlaşganini körsatmoqda.

Birlamçi avtomobil bozoridagi vaziyat
Iyul oyida yangi yengil avtomobillar segmentida faollik sezilarli oşdi. Yengil avtomobillar umumiy savdosi iyun oyiga nisbatan 38,2% ga köpayib, 38,4 ming dona böldi.
Mahalliy işlab çiqarilgan yangi yengil avtomobillar yetakçi pozitsiyani saqlab qoldi va 38,6 foiz ösiş bilan 32,9 ming dona sotuv hajmiga erişdi.

Xorijda işlab çiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi ham ijobiy dinamikani körsatib, 5,4 ming donani taşkil etdi, bu iyun oyidagi körsatkiçdan 35,8 foizga yuqori.


Ikkilamçi avtomobil bozori nisbatan barqarorlikni körsatdi

Iyul oyida yengil avtomobillar bozorining ikkilamçi segmenti faollikning sezilarli oşişini körsatdi. Savdo hajmi 61,5 ming donani taşkil etdi, bu iyun oyiga nisbatan 18 foizga köpdir.

Taqqoslaş uçun, iyun oyida savdo hajmi may oyiga nisbatan 0,4 foizga kam bölgan. Şu bois, iyul oyidagi keskin ösiş uşbu segmentda umumiy faollaşuvni aks ettiradi.

Elektromobillar bozoridagi vaziyat

Iyun oyida yengil elektromobillar savdosining ösiş surati may oyiga nisbatan 1,7 foizga pasaygan bölsa, iyul oyida bozor tez suratlarda ösişni körsatdi. Savdo hajmi rekord darajadagi 6,5 ming donani taşkil etdi, bu avvalgi oyga nisbatan 28,2 foizga köpdir.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: