USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

2,5 yoşli qizaloqning ölimiga sababçi bölgan boğça rahbari qamaldi

918 марта

2,5 yoşli qizaloqning ölimiga sababçi bölgan boğça rahbari qamaldi

Qaşqadaryo viloyatining Koson tumanida maktabgaça talim taşkiloti tarbiyalanuvçisi MTT rahbarining maşinasida dimiqib qolib vafot etgani haqida xabar berilgandi. Uşbu iş böyiça boğça rahbari aybli deb topilib, 3 yilga ozodlikdan mahrum etildi. 

Unga köra, 1994 yilda tuğilgan L.H. 2024 yilda nodavlat maktabgaça talim taşkilotini taşkil qilgan va unga özi rahbar bölgan. U vafot etgan Z.I.ni yoşi yetmasa ham boğçaga qabul qilgan. 
Sudlanuvçi L.H. haydovçilik guvohnomasi bölmasa-da turmuş örtoğiga tegişli maşinada har kuni ertalab bolalarni uyidan boğçaga, keçqurun esa boğçadan uyiga olib borib yurgan. Xususan, joriy yilning 20 iyun kuni u 7 bolani maşinaga mindirib, boğçaga olib borgan. Bolalarni maşinadan tuşiriş paytida 2,5 yoşli Z.I.ni unutib qoldirgan. Z.I. 6 soat eşiklari va oynalari yopiq holatdagi maşina içida qolib ketgan va nafas ololmasdan, dimiqib vafot etgan.

Joriy yilning 11 sentyabr kuni Jinoyat işlari böyiça Dehqonobod tumani sudida mazkur iş körib çiqilgan. Sud majlisida qizaloqning onasi boğça rahbari L.H.ning etiborsizligini heç narsa bilan oqlab bölmasligini aytgan va unga qonuniy çora körişni söragan.
L.H.ning özi esa sudda aybiga iqror bölgan va körsatma bergan. Uning bildirişiça, boğçada 25 bola röyxatdan ötgan. Ayrim hollarda tanişlarining farzandlari ham kelib turgan. Bolalarni har kuni turmuş örtoği Spark maşinasida yaşaş uylaridan olib, boğçaga olib kelgan. Ayrim vaqtlarda maşina boşqariş huquqini beruvçi haydovçilik guvohnomasi bölmasa ham uşbu maşinada özi bolalarni uylaridan boğçaga olib kelgan va uylariga qaytarib olib borib yurgan. Xususan, joriy yilning 20 iyun kuni ertalab mahallada yaşovçi 7 bolani uylaridan maşinada olib çiqqan. Ularning orasida aynan Z.I. ham bölgan.
Öşa kuni u boğçaga bolalarni olib kelgan va old örindiqda ötirgan ikki bolani qöliga kötarib, orqa örindiqda ötirgan 5 nafar bolani tuşiriş uçun maşinaning orqa eşigini oçib qöygan. Qölidagi ikki bolani yöldan boğça tomonga ötqazib qöyib, maşina oldiga borayotganda bolalar özlari tuşganini körgan. Şu payt ulardan ikkisi xarxaşa qilişni boşlagan. Şu bilan ovora bölib qolib, maşinadan barça bolalar tuşgan-tuşmaganiga etibor bermagan. Şundan söng L.H. tuşgaça bolalar bilan şuğullangan. Soat 13:00 larda tuşlik qildirib, uxlatişga olib kirgan. Şundagina Z.I. ning yöqligini sezib qolgan. Şu vaqtda turmuş örtoği kelib, maşina kalitini söragan va qizaloq maşina içida qolib ketgani malum bölgan.

Sud hukmi bilan L.H. Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik odam ölimiga sabab bölişi) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilişda aybli deb topilgan va unga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Jazoni manzil koloniyada ötaş belgilangan. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: