USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

2 mlrddan ziyod bola yuqumli bölmagan kasalliklar xavfi ostida – Ziroatxon Mirziyoyeva

156 марта

2 mlrddan ziyod bola yuqumli bölmagan kasalliklar xavfi ostida – Ziroatxon Mirziyoyeva

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning rafiqasi, “Zamin” fondi vasiylik kengaşi raisi Ziroatxon Mirziyoyeva dunyo böylab ikki milliarddan ziyod bolalar yuqumli bölmagan kasalliklar xavfi ostida yoki ulardan aziyat çekayotganini aytdi. Bu haqda u Nyu-York şahrida BMT Boş Assambleyasi 80-sessiyasining oliy darajadagi haftaligi doirasida ötkazilgan tadbirda söz oçdi.

“Saraton va boşqa hayot uçun xavfli kasalliklarga çalingan bolalarning yaşovçanligini oşiriş va azob-uqubatlarini kamaytiriş böyiça global harakat” mavzusida bölib ötgan tadbirda Ziroatxon Mirziyoyeva yuzaga kelayotgan fojialarning oldini oliş uçun çora köriş zarurligini takidladi.

“Hozirgi vaqtda dunyo böylab ikki milliarddan ziyod bolalar yuqumli bölmagan kasalliklar xavfi ostida yoki ulardan aziyat çekmoqda. Bu – sayyoramiz aholisining qariyb uçdan bir qismi demakdir. Millionlab bolalar saratonga qarşi kuraşmoqda. Zamonaviy tibbiyot yutuqlariga qaramay, yaşovçanlik darajasi turli mintaqalarda keskin farq qiladi: rivojlangan mamlakatlarda bu körsatkiç 80 foizdan yuqori bölsa, rivojlanayotganlarda 30 foizdan ham past. Bunday tafovut mutlaqo yöl qöyib bölmaydigan holat. Bunday fojialarning oldini oliş uçun çora körişimiz zarur”, degan u.

Tadbirda Turkiya, Ozarbayjon, Angola, Vetnam, Gvatemala, Serbiya birinçi xonimlari, Livan Boş vazirining rafiqasi; JSST boş direktori, EKOSOS prezidenti, Sent Jud bolalar tadqiqot şifoxonasi prezidenti, Turkiya, Angola, Armaniston, Bangladeş, Mozambik, Dominikan Respublikasi, Nigeriya, Qozoğiston, Qatar, Kongo, Qirğiziston, Malta, Möğuliston, BAA, Peru, Tojikiston, Timor-Leste, Tuvalu, Çad, Yamayka soğliqni saqlaş vazirlari, Vengriya, Indoneziya, Rossiya, Tanzaniya soğliqni saqlaş tuzilmalari rahbariyati, xalqaro taşkilotlar, ekspertlar hamjamiyati va fuqarolik jamiyati vakillari, oğir kasalliklarga çalingan bolalar iştirok etdi. Ular orasida “Mehrli maktab” maktabining yoş bitiruvçisi va köngillisi Samira Idrisova öz hayoti haqida samimiy hikoya qilib berdi.

Iştirokçilar adolatli, integratsiyalaşgan va mahalliy resurslarga asoslangan soğliqni saqlaş tizimlarini rivojlantiriş orqali 2030 yilga qadar saratonga çalingan bolalarning yaşovçanlik körsatkiçini 60 foizga yetkaziş borasidagi qatiy intilişlarini tasdiqladi. Şuningdek, bolalarda saraton kasalliklarini davolaşdagi yutuqlarni qöllab-quvvatlaş va öroqsimon hujayrali anemiyaga qarşi global taşabbusni amalga oşiriş masalalarini muhokama qildi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: