Auktsion “otmen”. Endi çiroyli avtoraqamlarni sotiş xizmati yölga qöyildi
3-10-2025, 11:12
481 марта

Auktsion “otmen”. Endi çiroyli avtoraqamlarni sotiş xizmati yölga qöyildi
Yöl harakati xavfsizligi xizmatining Safe Road mobil ilovasida çiroyli avtoraqamlarni xarid qiliş xizmati işga tuşirildi. Bu haqda ilovaning rasmiy kanalida xabar berildi.Malum qilinişiça, ilovada avval auktsionga çiqarilgan va sotilmagan 1- va 3-toifadagi davlat raqami belgilari yagona oşirilgan tölov asosida sotuvga qöyilgan.
Raqamlarning tölov miqdori jismoniy şaxslar uçun BHMning 17 baravari (7 mln söm), yuridik şaxslar uçun esa BHMning 25 baravari (10,3 mln söm) ni taşkil etadi.
Foydalanuvçi hudud, maqul avtoraqam, raqam formati (gorizontol, kvadrat), avtomobilning dvigatel turini tanlaşi kerak. Undan keyin “qidiruv” tugmasini bosgaç, natijalar kelib çiqadi.
Qöşimça qilinişiça, endi barça tölovlar onlayn amalga oşiriladi, ortiqça qoğozbozlik hamda navbatlarsiz avtoraqamni qabul qilib oliş mumkin.
Qayd etiş joiz, uşbu tizim joriy etilgandan söng, yani joriy yilning 1 oktyabridan boşlab Respublika tovar-xomaşyo birjasida davlat raqami belgilarining savdosi bekor qilindi.